M U N D A R I J A KIRISh2 I. Bob. VOLYeYBOL o'yinining VUJUDGA KYeLIShI TARIXI4 I. 1. Dunyoda va O'zbekistonda voleybol o'yinining paydo bo'lish tarixi4 I. 2. Voleybol ixtisosligi fani, uni mohiyati, mazmuni 26 II. Bob. Voleybol O'yin texnikasi va uni o'rgatish uslubiyoti…….34 II. 1. O'yin texnikasini tasnifi……34 II. 2. Voleybol o'yinining boshlang'ich malakalari texnikasiga o'rgatish uslubiyati……42 II. 3. Voleybol bo'yicha dars o'tkazish uslubiyati……50 XULOSA58 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR60 KIRISh Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O'zbekistonning ravnaq topishi, uni iqtisodiy va ijtimoiy tomondan buyuk davlat darajasiga ko'tarilishi yosh avlod va mehnatkash fuqorolarimizning nafaqat aql - idroki, bilimi va malakasi, balki ularning salomatligiga, jismoniy barkamolligiga ham bevosita bog'liqdir. Shunday ekan biz tayyorlaydigan jismoniy tarbiya o'qituvchilari mamlakatimiz ravnaqi uchun zarur bo'lgan yosh avlodni, yani xar tomonlama jismonan rivojlangan yigit - qizlarimizni voleybolga qiziqtirib ularni ushbu sport turi orqali kamolatga etkazishlari zarur. Bugungi voleybol o'z mohiyati, mazmuni va nihoyatda katta shiddat va tezlikda ijro etiladigan texnik - taktik kombinatsiyalari bilan shug'ulla-nuvchilardan katta jismoniy imkoniyat va funksional tayyorgarlikni talab qiladi. Bu tayyorgarlik turlari o'z navbatida sport mahoratini samarali shakllanishi uchun fundamental ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda voleybol eng ommaviy sport turlari qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda barcha sport maktablarida hanuzgacha xalqaro miqyosga mos, raqobatbardosh voleybolchilarni taiyorlash masalasi muammo bo'lib qolmokda. Voleybol sport turiga etibor qaratilishi, istedodli yosh voleybolchilarni etishtirish, ularga har tomonlama sharoit yaratish, murabbiylar malakasini oshirish, mutaxassislarni tayyorlash masalalarini butkul hal qilmog'i kerak. Prezidentimiz I. Karimovning 2002 yil 24 oktyabrdagi «Ӯzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasini tuzish to'g'risida» gi Farmoni va uni hayotga tadbiq etish bo'yicha qabul qilingan Hukumat Qarori ushbu masalaning «bugungi» va «ertangi» istiqbolini belgilab, me'yoriy - huquqiy va moddiy ta'minotiga fundamental asos soldi va voleybol sport turini rivojiga yana hissa qo'shdi. Mavzuning vazifasi: Yuqori sinf o'quvchilari bilan voleybol darslarini tashkil qilish va o'tkazishga bag'ishlangan bo'lib, mavzuga oid o'yin texnikasi va uni o'rgatish uslubiyoti, dars mashg'ulotlarini tashkil qilish va o'tkazish uslubiyoti, dars konspektini tuzishga bag'ishlangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Sportchilarni dastlabki tayyorlash bosqichida sport mahoratining poydevori bo'lmish jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyoti aksariyat hollarda umumiy yoki maxsus jismoniy mashqlarni qo'llash ustunligiga asoslanganligi ko'zga tashlanadi. Vaholanki, bunday mashqlarga zo'r berish malum salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki, ushbu mashqlarning muayyan xajm, shiddat va davomiylikda standartlashtirib qo'llanilishi har doim ham bolalarning jismoniy va funksional holatlari darajasini etiborga olish imkoniyatini bermaydi. Binobarin, jismoniy sifatlarni rivojlantirishning bunday uslubiyati o'quvchida zo'riqish, tez charchash holati, hatto kasallik alomatlariga olib kelishi mumkin. Bunday asoratlarni oldini olish hamda jismoniy sifatlarni «bezarar» rivojlantirishda nostandart, o'yinsimon mashqlarning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.35 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.35 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc