Yusuf Xos Hojibning «Qutadgu bilig» asarida yetuk insonni kamolga yetkazish masalalari Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo'lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o'rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o'ziga xos tarzda bayon etiladi. Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib Qutadg'u bilig kitobining an'anaviy boshlamasidan keyinoq insonning haqiqiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati haqida fikr yuritish bilan birga unga alohida boblar ham bag'ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma'rifatning ahamiyatini ko'rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o'rnini ham yoritadi. U bilimli buyuk, o'quvni ulug' deb ta'riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug' bo'ladi, bilimli kishi buyuk bo'ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo'shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. O'sha davrdayoq olim Bilim hatto osmon sari yo'l ochur deb bashorat qiladi. U dunyoda odam paydo bo'libdiki, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qilib, adolatli siyosat yurgizib kelgan, ana shu bilim va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini ta'riflaydi. Hatto hukmdorlar ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo'ladi, to'q va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi o'ringa qo'yadi. Sechu (ya'ni har yerda ma'lum xudo) insonni yaratti, tanladi, Unga hunar, bilim va o'quv berdi. Unga ko'ngil (ya'ni aql) berdi, tilini yo'riq (ravon) qildi, Andisha, xulq hamda go'zal fe'l ato qildi, Bilim berdi, (shu tufayli) inson bu kun ulug'likka erishdi. o'quv berdi, so'ng (shu tufayli berk) tugunlar yozildi. Yusuf Xos Hojib ilmli, ma'rifatli kishilarni qadrlash kerak, chunki ular mash'al kabi yo'lni yoritib, to'g'ri yo'l ko'rsatadi, yaxshi-yomonni farq etishni o'rgatadi, deydi. Shuning uchun olimlarni hurmat etish kerakligini ta'kidlab, ilm ahlini o'ta qadrlasa, ilmsizlarni johil kishilar deb biladi. Agar shunday johillar mansab va amalga ega bo'lsa, ular egallagan to'rni poygak deb biladi. Dunyoda inson bilim va zakovati tufayli orzu-tilaklarga, ulug'likka erishishi mumkinligini aytadi. Lekin shunday bilim va zakovatning qadriga faqat xuddi o'zlariga o'xshagan donolar va zakovatlilar yetadi, johil va telbalar bunday xislatlarga ega emas, deydi. Chunki jamiyatdagi barcha xatolar bilimsizlik, nodonlik, jaholat tufayli sodir bo'lishidan u qayg'uga tushadi, hayotda nodon va johillar ko'payib ketganligidan afsuslanadi. U yurtni idora etuvchilarni va xalqni boshqaruvchilarni ikki toifaga bo'lib, birinchisi adolatli siyosatni yurituvchi beklar va ikkinchisi dono olimlar deydi. Chunki siyosatchilar yurtni boshqarsa, olimlar ma'rifiy yo'l-yo'riq ko'rsatadi. Olim bilimni ziyoga, tengi yo'q javohirga o'xshatib, u insonni yuksaltiradi, jahonning sir-asrorini bilib olishga yordam beradi, deydi. Insoniyat nimaga erishgan bo'lsa, bilim tufayli erishganligini ta'kidlaydi. Ammo bu boylikni hech kim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.84 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.84 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc