Yuz ichida sonlarni nomerlashni o'rganish uslubiyati Reja: 1. Sonlarni og'zaki nomerlash. 2. Sonlarni yozma nomerlash. Tayanch iboralar: son, rakam, rakamlash, og'zaki, yozma, xona soni, ikki xonali son, birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari, unli tarkibi, birinchi va ikkinchi unlik, rakamlarni urin qiymati. Yuz ichida sonlarni nomerlashni o'rganishda o'quvchilar yangi sanoq birligi unlik va unlik sanoq sistemasining muhim tushunchasi - xona tushunchasi bilan tanishadilar. Ikki xonali sonlarning hosil bo'lish prinsiplarini nomi va yozuvini, sonlarni og'zaki va yozma nomerlash uzlashtirishning asosidir. Yuz ichidagi sonlarni nomerlashni o'rganishda o'qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni bittalab, gruppalab sanashgna o'rgatish, yuz ichidagi sonlarni o'qish va yozishga o'rgatish, bolalarga ungdan chapga hisoblaganda birliklar ( I xona birliklari), unliklar (II xona birliklari) kaysi uringa yozilishini aniqlash, u yo bu xona birliklari yukligini qanday belgilashni ko'rsatish, birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona kushiluvchilarning yig'indisi, bir va ikki xonali sonlar kabi tushunchalar va terminlarni o'quvchilar uzlashtirib olishlariga erishishdan iborat. Nomerlashni uoganishda ikki bosqich ajratiladi: 11-20 sonlarni va 21-100 gacha bo'lgan sonlari nomerlash. 20 gacha bo'lgan (11-20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21-100) katta bo'lgan ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga o'xshash, bu sonlarni og'zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni untalab gruppalashga va sonlarni yozishda rakamlarning urin qiymatlari prinsipiga asoslanadi. Shu sababli ikkinchi unlik sonlarning unli tarkibini uzlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi yuz ichida sonlarni uzlashtirishga tayyorgarlik bosqichi bo'lib xizmat qiladi. Nomerlashni o'rganishda ikkinchi unlikni ajratish sonlarning unli tarkibini va rakamlarning urin qiymati prinsipini yaxshi uzlashtirishga imkon beradi. 20 ichida sungra 100 ichida sonlar bilan tanishtirish ushbu reja asosida amalga oshiriladi. Oldin a) tayyorgarlik; b) og'zaki; v) yozma nomerlash urgatiladi. Ikkinchi unlik sonlarini o'rganishga oid ishlar, yani tayyorgarlik ishi «Unlik» mavzusini takrorlashda o'tkaziladi. Bunda bolalarga birinchi unlik, yani 1-10 gacha sonlarning o'zini bilish etarli emasligini, 10 dan katta sonlarni sanay olish xam zarur ekanligini kursatiladi. Bunda predmetlarni unlikdan utib sanashga oid mashqlar kiritiladi. Masalan: Sinfning birinchi katorida nechta o'quvchi bor. Ikkinchi katorida-chi? Sinfdagi o'quvchilarning xammasi kancha? Shuningdek narsalar gruppasini sanash bo'yicha mashqlar (doska yonida necha juft bola bor?) kiritiladi. Xuddi shunday yul bilan chup donalarini juftlab, uchtalab, beshtalab sanash, kartonga takilgan tugmalarni xam juftlab, beshtalab, untalab sanash mumkin. Misol tarikasida ikkinchi unlik sonlarining nomini aytishga oid mashqlardan foydalanish xam mumkin: sanoqda 4 sonidan keyin kaysi son aytiladi? 40 sonidan keyinchi? 7 sonidan oldin kaysi son aytiladi? 17 sonidan oldin-chi? 20 ga 1-ni kushsak qanday son hosil bo'ladi? Bunday mashqalar o'quvchilarni birinchi unlik sonlaridan tashqari xam sonlar mavjud ekanligiga, ular ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc