Yuz ichida sonlarni qo'shish va ayirishga o'rgatish metodikasi Reja: 1. Yuz ichida sonlarni qo'shish va ayirishning og'zaki usuli. 2. Yuz ichida sonlarni qo'shish va ayirishni yozma usuli (hisoblashni yozma va og'zaki usuli). Tayanch iboralar: sonni qo'shish, ayirish, hisoblash, xona kushiluvchilar yig'indisi, yaxlit sonlarni qo'shish va ayirish, unlikdan utib qo'shish, hisoblashni og'zaki, yozma usuli. Dastur talablariga binoan 100 ichida sonlarni ayirish va qo'shishni o'rganishda o'quvchilar qo'shish va ayirishning xamma xollari uchun hisoblash usullarini, ularning nazariy bilimlarini o'rganishadi. I sinfda arifmetik amallarning xossalarini va bu xossalarning hisoblash usullarini urgatiladi. Xossalarni va hisoblash usullarini ochib berishdan avval tayyorgarlik ishi olib boriladi. Tayyorgarlik ishida o'quvchilar solar yig'indisi, ayirmasi kabi matematik ifodalarni uzlashtiradilar, kush tengliklar bilan tanishadilar. Bir va ikki amalli ifodalarni kavslar yordamida yozishni ikki xonali sonlarni xona kushiluvchilar yig'indisiga almashtirishni urganadilar. «yig'indi» matematik ifodasi bilan tanishish I sinfda +3 mavzusidan keyin «Ayirma» termini un ichida qo'shish va ayirish mavzusini ichida urgatiladi. Bularni o'rgatish jarayonida yig'indi va ayirma terminlarining ikki xil manosi ochib beriladi. Masalan: 4+5 va 4 va 5 sonlarning yig'indisi, 9 xam sonlar yig'indisi, deb atalish urgatiladi. 10 ichida qo'shish va ayirishni o'rganish vaqtida hisoblash usuddarini yozma tushuntirish maqsadida 2 ta tenglik ishoralari bilan yozish urgatilgan: masalan: 6+4=6+2+2=10; 9-3=9-2-1=6. bunday yozish o'quvchini sonni bo'laklari bo'yicha qo'shish va ayirish usulini tushunib olish asosida hisoblash usullarini asoslashning yozilishini tushunishlariga tayyorlaydi 6+(3+1)=6+4=10. Nomerlashni o'rganish davrida «kavs» belgisi kiritiladi. «Kavs» belgisi tanishtirishda bunday mashqni taklif qiladi. 5 va 3 sonlarni yig'indisiga 2 ni kushing. mashqni og'zaki echganda keyin o'qituvchi bunday misollarni qanday yozishni tushuntiradi: sonni aytilgan yig'indiga qo'shish kerakligini ko'rsatish uchun yig'indini kavslar ichiga yozish kerak: (5+3)+2… Xossalarni kiritguncha qadar bolalarni kavsli ifodalarni to'g'ri o'qish va ularni diktovka ostida yozib olishga urgatiladi. Masalan: 9-(2+3) ni o'quvchilar bunday o'qishga urgatiladi: 9 sonidan 2 bilan 3ni yig'indisini ayiring, sungra 2 xonali sonlarni xona kushiluvchilar yig'indisi bilan almashtiriladi. Masalan: 34=30+4; 59=50+9. Urganilgan bu materiallar kerakli hisoblash usullarini ochib berishga asos bo'ladi va qo'shish, ayirishni o'rgatish quyidagi tartibda olib boriladi: birinchi 20 ichidagi sonlarni qo'shish va ayirish, sungra nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo'shish, ayirish, songa yig'indini, yig'indidan sonni ayirish qoidalari va boshqa ko'rinishdagi ikki xonali sonlarni qo'shish va ayirishni hisoblash ussulari urgatiladi, yani birinchi gruppaga 2+9, 3+8, 7+5, 8+3 ko'rinishidagi bir xonali sonlarni qo'shish urgatiladi, yani shunday ikkita bir xonali sonlarni olamizki ularning yig'indisi 10 dan ortik bulsin. 9+5 (1) ko'rinishidagi qo'shishni bajarishda abakdan foydalaniladi. Malumki 10 ichida xam bir xonali sonlarni urgangan edik, lekin ularning yig'indisi 10 ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.28 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.28 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc