Zahiriddin Muhammad Bobur pedagogik va ta'lim tarbiyaviy qarashlari

Zahiriddin Muhammad Bobur pedagogik va ta'lim tarbiyaviy qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Zahiriddin Muhammad Bobur pedagogik va ta'lim tarbiyaviy qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Zahiriddin Muhammad Bobur pedagogik va ta'lim tarbiyaviy qarashlari 1483-1530 Bobur ota tomonidan Amir Temurning, ona tomonidan Chingizxonning avlodidir. Uning tomirida Markaziy Osiyodagi ikki buyuk fotihning qoni oqqan. Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yilda otasi Mirzo Umar Shayx hukmronlik qilgan Ôarg'onada tug'ilgan. 11 yoshida otadan etim qolgan. U Boburnoma kitobining ilk satrlarida shunday yozgan: sarvari koinotning shafoati bilan va chahoriyori bosa-folarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sekkiz yuz to'qson to'qquzda, yani 1494 yil iyunida Ôarg'ona viloyatida o'n ikki yoshda podshoh bo'ldim. Bobur yoshlik chog'laridanoq juda ko'p mushkullik va qiyinchi-liklarni boshidan kechirishga majbur bo'lgan. O'zining bobo meros mulki hisoblanmish Samarqandni ikki marta zabt etgan va ikki martasida ham qo'ldan bergan. Nihoyat, u yigirma bir yoshida ota yurtini tark etib, Xindikush osha Qobulni ishg'ol qilgan. 1511 yilda Bobur Samarqandni qaytarib olishga yana bir bor uringan. Bu gal g'alaba nashasini surgan bo'lsa ham, kelgusi yil-dayoq Samarqandni qo'lidan chiqargan. Shu tariqa Bobur Samarqand-ni uch karra zabt etib, uch karra boy bergan. Bobur Hindistonda yirik davlat tuzgan va o'zi podshoh bo'lib, Jamna Yamuna daryosi bo'yidagi Agra shahrida poytaxt qurgan. Bobur 1530 yil kuzida qattiq xastalanib, podsholikni katta o'g'li Xumoyunga topshirgan va 26 dekabrda o'z qarorgohida vafot etgan. Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga ma'rifatparvar shoh va nozik didli shoir ham bo'lgan. U o'z asarlarida go'zallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni o'rganishga davat etgan. Bobur asarlarining mavzuchi rang-barang bo'lib, ularda insonning ma'naviy qiyofasi, ilm-fanning foydasi, muhabbat, yaxshilik va yomonlik tasvirlangan. U yaratgan Xatti Bobruiy asari arab yozuvini osonlashtirishga qaratilgan. Bobur arab harf-larining osti va ustiga qo'yiladigan diakritik belgilar zol-zabar o'rniga harflar kiritishni taklif qilgan. Buyuk adib xalqni osonroq savodli qilish yo'lini izlab yaratgan mazkur alifbo amalga oshmadi. Chunki uni islomga shak kelitrish bilan barobar deb hisoblandi. Bobur Hindistonda madaniyat va ma'rifat o'rnatdi. U juda erta hayotdan ko'z yumgan bo'lsa-da o'zining ishlari bilan Bobur-noma deb atalgan asari bilan tarixda unutilmas nom qozondi. Boburnoma asosan Hindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning tarjimai holi bo'lib, unda muallif oddiy va jonli til bilan o'zining yoo'l qo'ygan xatolarini, qozon-gan g'alabalarini, yuksak orzu-umidlarini, tushkunlik holatlarini hikoya qilgan. Asar Avliyo Avgustino va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nüyutonning yodnomalari qatoridan o'rin olgan. Mazkur kitob umri davomida ko'pdan-ko'p yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo'lsa, tanazzullari shunchalik tubsizdir. Bobur qirq etti yilu o'n oy umr ko'rgan bo'lsa, Boburnoma uning hayotidan atigi o'n sakkiz yilini qamragan. Kitob Bobur-ning o'z qo'li bilan turkiy tilda yozilgan. Unda Bobur ijodiyotida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.44 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.44 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga