Zahriddin Muhammad Boburning ma'naviy-ma'rifiy qarashlari Reja: Z.M.Bobur asarlarida odob-axloq va xulqiy fazilatlar. Uning ta'lim to'g'risida yuritgan g'oyalari. Bobur asarlarida vatanga bo'lgan cheksiz muhabbat. 10. Zahriddin Muhammad Boburning ma'naviy-ma'rifiy qarashlari Zahiriddin Muhammad Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga ma'rifatparvar shoh va nozik didli shoir ham bo'lgan. U o'z asarlarida go'zallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni o'rganishga da'vat etgan. Bobur asarlarining mavzusi rang-barang bo'lib, ularda insonning ma'naviy qiyofasi, ilm-fanning foydasi, muhabbat, yaxshilik va yomonlik tasvirlangan. U yaratgan Xatti Boburiy asari arab yozuvini osonlashtirishga qaratilgan. Bobur arab harflarining osti va ustiga qo'yiladigan diakritik belgilar zol-zabar o'rniga harflar kiritishni taklif qilgan. Buyuk adib xalqni osonroq savodli qilish yo'lini izlab yaratgan mazkur alifbo amalga oshmadi. CHunki uni islomga shak kelitrish bilan barobar deb hisoblandi. Boburnoma asosan Hindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning tarjimai holi bo'lib, unda muallif oddiy va jonli til bilan o'zining yoo'l qo'ygan xatolarini, qozongan g'alabalarini, yuksak orzu-umidlarini, tushkunlik holatlarini hikoya qilgan. Asar Avliyo Avgustino va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nyutonning yodnomalari qatoridan o'rin olgan. Mazkur kitob umri davomida ko'pdan-ko'p yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo'lsa, tanazzullari shunchalik tubsizdir. Bobur qirq yetti yilu o'n oy umr ko'rgan bo'lsa, Boburnoma uning hayotidan atigi o'n sakkiz yilini qamragan. Kitob Boburning o'z qo'li bilan turkiy tilda yozilgan. Unda Bobur ijodiyotida ta'lim-tarbiya, odob-axloq masalalari keng o'rin olgan. Bir asarida: Xulqingni rost qilg'il har sorig'aki borsang, Axsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang, deb yozgan Boburning o'zi umr bo'yi ana shu gapiga rioya qilgan. Ko'p g'azallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor bo'lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazilatlarni doimo ulug'lagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarligidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi: Ey, yel, borib ahbobg'a nomimni degil, Har kim meni bilsa, bu kalomimni degil. Mendin demagil, gar unutilgan bo'lsam, Har kimki meni so'rsa, salomimni degil. Bobur she'rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug'lanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g'ururlanmaslik, kamtarinlik kabi xislatlar targ'ib etiladi. Bobur inson kamolotining birinchi ostonasi oila ekanligini uqtirib, u jarayon nihoyatda qiyin va murakkabligini his etgan edi. Bolalarning axloq-odob qoidalarini o'rganishi ko'p jihatdan atrofdagi shaxslarga bog'liqligini yaxshi bilgan Bobur o'z farzandlarini tarbiyalashda tadbirkor, bilimdon odamlar bilan maslahatlashib, tajribali fozil va tarbiya ko'rgan kishilar bilan kengashib ish tutgan. U o'zining E'tiqodiyya asarida bolalarni yoshlikdan boshlab e'tiqodli, imonli qilib tarbiyalash masalalariga e'tibor bergan. Farzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat iymonidir, deb bunday yozgan edi: Bobur, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.67 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.67 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: pptx