Zamonaviy maktab o'qituvchisining vazifalari Reja: 1. O'qituvchi va uning jamiyatda tutgan o'rni. 2. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan asosiy talablar. 3. O'qituvchining kasbiy shakllanish jarayoni. 1. Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri - o'qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki, o'qituvchida barcha pedagogik g'oyalar mujassamlangan bo'lib, uning faoliyati orqali bu g'oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. O'qituvchining ko'p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o'qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog'liq: bolalarni o'qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o'tkazish, ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarini olib boorish va hokazo. Bularning hammasi o'qituvchidan chuqur bilimga ega bo'lishni, o'z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: …mutaxassis o'z faoliyati, sohasidan qat'i nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo'lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo'jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak. Ushbu fikrlar o'qituvchilarga ham bevosita taalluqli. Chunki jamiyatimizda sodir bo'layotgan tub o'zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o'qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo'lishni taqozo qilmoqda. Bu o'rinda boshlang'ich sinf o'qituvchisi xususida alohida to'xtalmoq zarur. 2. Hozirgi zamon o'qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri - o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi, o'z kasbini sevishi o'qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta'lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o'qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog'liq. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o'zi o'qitayotgan predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o'zlashtirib olgan bo'lishi zarur. Predmetni va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o'quvchilarga yetkaza olishi bolalarning shu predmetga bo'lgan qiziqishini oshiradi, o'qituvchining obro'sini oshiradi. O'quvchilar p'qituvchining o'z bilimlarini bolalarga yetkaza olishi imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning fidoiyligini ham taqdirlashadi. O'qituvchi kasbiga xos bo'lgan muhim talablardan biri - bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o'qituvchi bo'la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o'qituvchilik kasbiga loqayd inson haqiqiy o'qituvchi bo'la olmaydi. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasida boshlang'ich sinf o'qituvchisining qiyofasi quyidagicha ta'riflanadi: …eng muhimi, bolalarda o'qish, o'rganishga chinakam havas, ishtiyoq uyg'otuvchi, e'tiqod hosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o'rin tutadi. Bu konsepsiyada boshlang'ich sinf o'qituvchisiga qo'yiladigan quyidagi talablar ham keltiriladi: …O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat ekaniga isxonadigan milliy iftixor tuyg'usiga ega bo'lishi; - bolalarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.98 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.98 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc