Zamonaviy maktabda dars Reja KIRISh ASOSIY QISM: 1. Didaktik jarayonning tashkiliy shakllari va zamonaviy dars tuzilmalari 2. Zamonaviy maktabda dars shakllari a) Yangi mavzuni bayon etish darsining tuzilmasi b) O'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash darsi s) Bilim va ko'nikmalarni shakllantirish darslarini tashkil qilish d) Takrorlash darsi ye) Nazorat ishi darslari f) O'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni amalda qo'llash darsi XULOSA ADABIYOTLAR RO'YXATI KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda amaliyotga keng ko'lamda tatbiq etilayotgan O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning sifat bosqichi davom etmoqda. Ta'lim tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida tub sifat o'zgarishlarni amalga oshirish bilan bog'liq ekanligi inkor qilib bo'lmaydigan haqiqat. Bu vazifani, birinchi navbatda o'qituvchi va pedagoglarimizning, so'ng fuqarolarimizning ijtmoiy ongini ifoda etuvchi ma'naviyatini, siyosiy, huquqiy, estetik madaniyatini, aqliy faolligini va bilim darajalarini zamon talablari darajasiga ko'tarish orqali erishish mumkin. Mazkur muammolarning yechimi esa bevosita maktablarda dars jarayoni orqali ta'minlanadi. Zamonaviy maktablarda dars jarayoni tashkil etishda o'qituvchining roli beqiyosdir. O'qituvchi faoliyatining muhim bosqichi - bu didaktik jarayonni tashkil etish hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi yoxud u belgilangan vaqt ichida ta'lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o'quv materiali mazmunini o'quvchilarga uzatish yo'llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas. Xo'sh, dars jarayon mohiyati nimadan iborat? Ularni loyihalashga qanday pedagogik talablar qo'yiladi? Psixologiya va pedagogika fanida didaktik jarayon mutaxassis shaxsini shakllantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Ushbu savollarga V.P. Bespalko quyidagicha javob beradi: O'qitish jarayoni klassik qoidaga bo'ysinadi. Ya'ni o'qituvchi sinfga kirib, dars mavzusini e'lon qiladi-yu, darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir darsni boshlashdan oldin o'quvchilar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi - motivasiyani vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivasiya bosqichi o'quv-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi. Afsuski, bu kalitdan hanuzgacha o'qituvchilar ta'limning sehrli sandig'ini yechish uchun foydalanishmaydi. Bugungi kunda Respublikamiz ta'lim tizimida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktablar zamonaviy tipda qayta qurilib zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta'minlanmoqda. Bu zamonaviy maktablarda dars tuzilmalarini tadqiq etish zamonaviy pedagogikaning dolzarb muammolaridan biridir. Shu nuqtai nazarda kurs ishi uchun tanlangan «Zamonaviy maktabda dars tuzilmalari» mavzusi dolzarb muammolardan biridir. Tadqiqot maqsadi: Didaktik jarayon tuzilmasini tadqiq etish va zamonaviy maktabda dars tiplarini tasniflash. Tadqiqot obyekti: Umumta'lim maktablari ta'lim jarayoni Tadqiqot predmeti: Maktablardagi dars tiplari va ularning tasnifi Tadqiqot vazifalari 1) Mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar, ilmiy va o'quv adabiyotlar, darsliklar, qo'llanmalarni qiyosiy-tahliliy o'rganish 2) Didaktik jarayonning tashkiliy shakllari va zamonaviy dars ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.32 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.32 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc