Zamonaviy o'qitish metodlari va uni o'quv jarayonida qo'llash

Zamonaviy o'qitish metodlari va uni o'quv jarayonida qo'llash

O'quvchilarga / Pedagogika
Zamonaviy o'qitish metodlari va uni o'quv jarayonida qo'llash - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy o'qitish metodlari va uni o'quv jarayonida qo'llash. Reja: Zamonaviy o'qitish metodlari. Aqliy hujum usuli. Muammoli o'qitish. Kichik guruhlarga bo'lib o'qitish Tayanch tushunchalar: Zamonaviy o'qitish, aqliy hujum, muammoli o'qitish, kichik guruhlar O'rganish tushunchasida xulqning yangi turlarini o'zlashtirish yoki mavjud bor xulqning o'zgarishini tushuniladi. O'rganish-bu shaxslarning tabiiy atrof-muhit bilan munosabati va hosil bo'lgan tajriba orqali yangi bilim, ko'nikma va malakalarning shakllanishidir. O'rganish shunday jarayonki, unda o'quvchi tabiiy atrof-muhit bilan munosabatlari va bunda hosil bo'lgan tajriba orqali xulqini o'zgartiradi. O'rganish orqali o'quvchi idrokka, o'z fikriga, bilim, ko'nikmalariga va mahoratga erishadi. Yangi xulq shakllari va natijalar muvaffaqiyatli o'rganishning aniq dalillaridir. O'rganishning quyidagi omillari mavjud: taqlid orqali; odat tufayli; muvaffaqiyat tufayli; urinish, xato va muvaffaqiyat tufayli; anglash, tushunib yetish orqali. Taqlid orqali o'rganish. Taqlid boshqa o'qituvchilarning xulqiy namunalarini qabul qilish va xuddi o'shanday taqlid qilishdir. Bu jarayon ongli yoki ongsiz ravishda o'tishi mumkin. Bu o'rganish turi oddiy harakatlarni o'rganishda eng samarali hisoblanadi. Bu o'rganish turini kundalik hayotda ham kuzatish mumkin. Masalan, bolalar ota-onalariga yoki yoshlar o'z iftixorlariga taqlid qilishlari mumkin. Odat tufayli. Bu o'rganish turi shartli refleks yoki klassik shakllantirish orqali o'rganish sifatida tavsiflanadi va rus psixolog olimi I. Pavlovning tadqiqotlariga asoslanadi. Shartli reaksiyalar odatlar hosil bo'lishida, baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan xulq turlari paydo bo'lishida katta ahamiyatga ega. Muvaffaqiyat tufayli. O'rganishning bu usuli operativ shartlashtirish deb tavsiflanadi va shunday jarayonni nazarda tutadiki, bunda shartli reaksiyalarni rejali ravishda o'rganish qo'lga kiritilgan o'quv yutuqlari yordamida amalga oshiriladi. O'rganishning bu usuli amerikalik psixologlar Skinner va Torndauk tadqiqotlariga qarashlidir. O'qituvchining mustaqil o'rganish va ishlash tomon qoygan har bir qadami kuzatiladi, agar u o'zlashtirishda o'rta darajadan yuqori natijaga erishsa, bu maqtov bilan tan olinadi. Maqtov shartli qo'zg'atuvchi hisoblanadi. 4. Urinish, xato qilish va muvaffaqiyat tufayli o'rganish. Bu usul operativ shartlashtirish bilan bog'liq, ammo bu yerda muvaffaqiyat hissi shart emas. Bu usul dastlab tushunarsiz murakkab vaziyat bilan bog'liq. Bunda urinishlar orqali murakkab vaziyat hal qilinishi kerak (masalan, notanish kalitlar yig'imida to'g'ri kalitni topish). Bunda muvaffaqiyatsiz bo'lgan noto'g'ri yechimlar keyinchalik qaytarilmaydi. To'g'ri yechimlar esa muvaffaqiyat yoki qisman muvaffaqiyat tufayli aniqlanadi va uzoq vaqtga eslab qolinadi. Bu usul ko'p vaqt sarflashni talab qiladi, juda tashvishli va tasodifga asoslanganligi tufayli undan faqat muammolarni yechishga qaratilgan xulqni mashq qildirish kerak bo'lganda foydalanish kerak. 5. Anglash, tushunib yetish orqali o'rganish. Anglash, tushunib yetish deb bexosdan biror avval ko'rinmagan aloqani ko'rish va tushunib yetish nazarda tutiladi. Bu yerda ilgari tushunarsiz bo'lgan jarayonlar, hodisalar, sabab-oqibat aloqalari fikran o'zlashtiriladi. Anglash, tushunib yetish bu aqliy jarayon natijasidir. Bunda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.57 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.57 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga