Zamonaviy o'qituvchi imijining pedagogik-psixologik modeli

Zamonaviy o'qituvchi imijining pedagogik-psixologik modeli

O'quvchilarga / Pedagogika
Zamonaviy o'qituvchi imijining pedagogik-psixologik modeli - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Qarshi davlat universiteti Pedagogika kafedrasi 5A110901-Pedagogika (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistr akademik darajasini olish uchun ZAMONAVIY O'QITUVChI IMIJINING PYeDAGOGIK-PSIXOLOGIK MODYeLI mavzusida yozgan m a g i s t r l i k d i s s e r t a ts i ya i sh i T A Q D I M O T I ► O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an'analarni joyga qo'yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo'lganini inobatga olib, zamonaviy ta'lim-tarbiyada jamiyat va davlat ta'lim standartlariga javob beradigan zamonaviy pedagogni shakllantirish va uni takomillashtirish - dolzarb masala etib kun tartibiga qo'yildi. ► Bizga malumki, bundan 5-10 yil muqaddam o'qituvchining oldida juda katta mas'uliyat qo'yilmas edi, chunki yaxshi pedagog bilimga ega bo'lsa va o'z bilimini tarbiyalanuvchi-o'quvchilarga etkazsa bo'ldi prinsipi ostida ta'lim-tarbiya jarayoni amalga oshirilar edi, biroq bugungi kunda bu olingan bilimlar ta'limni modernizatsiyalash jarayonida eskiga aylanib qolmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, zamonaviy bilimlar hozirgi globallashuv va tezkor jadallashuv davrida 1-2 yilga etadi, sal chekinsak, orqayinroq bo'lsak, hayotdan, jamiyatdan orqada qolib ketamiz. Mavzuning dolzarbligi ta'lim to'g'risidagi Qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Vazirlar Mahkamasining 2006 y. 16 fevraldagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi 25-son.Qarori, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2006 y 13 apreldagi Malaka oshirish tizimini takomillashtirish to'g'risidagi 76-s. buyrug'i, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 12 oktyabrdagi Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-1875-son. Qarori Zamonaviy o'qituvchi imidjining pedagogik-psixologik modelini nazariy jihatdan asoslash hamda malakali kadrlar tayyorlash jarayonida o'qituvchining ma'naviy qiyofasini yaratishga doir metodik tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida: ► muammoga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o'rganish, tahlil qilish, umumlashtirish; ► zamonaviy o'qituvchi imidjining pedagogik-psixologik modelini yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash; ► zamonaviy o'qituvchi imidjining pedagogik-psixologik modeli muammosining amaliyotdagi ahvolini o'rganish va tahlil qilish; ► zamonaviy o'qituvchi imidjining pedagogik-psixologik modelini yaratish mazmuni, shakllari, yo'llari va pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash; ► zamonaviy o'qituvchi imidjining pedagogik-psixologik modelini yaratishga doir metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va ularning samaradorlik darajasini aniqlash. Ishning maqsadi va vazifalari I.A.Karimov :«Qadimgi ajdodlarimiz, komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak sharqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan xazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo'lishi kerak».O'qituvchi halollik, kamtarlik, rostgo'ylik, axloqiy poklik, odamiylik, odobining muhim talab qoidasidir. Farobiy:«O'qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to'la va aniq ifodalay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.76 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.76 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga