Zamonaviy o'zbek qizlarining axloqi

Zamonaviy o'zbek qizlarining axloqi

O'quvchilarga / Pedagogika
Zamonaviy o'zbek qizlarining axloqi - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy o'zbek qizlarining axloqi Havo isishi bilan huddi ilon po'st tashlagandek, qizlarimiz kiyimlarini yechib, yarim yalang'och shaklga kira boshlaydilar. Milliylikni yerga urib, an'ana va qadriyatlarimizga qarshi isyon namoyon qilayotgan millatimiz vakilalarining o'zlari esa bu holatni zamonaviylikka yo'yib, moda bilan hamnafas yashash deb tahlil qiladilar. O'rinli savol tug'iladi: nahotki,zamonaviy bo'lish degani G'arb mamlakatlarida urf bo'lgan kiyimlarni mentalitetimizga to'g'ri kelsa-kelmasa kiyib olish, qorni, yelkasi, oyoqlarini bemalol ochib yurish, egnidagilarning torligidan hatto harakatlanish qiyin bo'lsa-da, bundan zarracha uyalmaslik degani bo'lsa?! Zamon bilan qadama-qadam yurish, nahotki, shu qadar tor ma'noni anglatsa?! Bugungi shiddatli, tez rivojlanayotgan davrda zamonaviylik shu mezonlar bilan o'lchanadimi?! Ramzda g'oya bo'ladi. G'oyada ramz bo'ladi. Bizning bobolarimiz ayol zotini sevib-ardoqlab, asrab-avaylab kelishgan. Ularga atab nafaqat she'ru dostonlar, balki afsonaviy obidalar barpo etganlar. Obidalar ularga mehr-muhabbatning, e'zozning timsoli bo'lib ke­layotir «Ayol - tabiatning eng buyuk mo''jizasi». Islom KARIMOV Zamonaviy qiz degani, bir necha chet tilida bemalol so'zlasha oldigan, eng yangi texnika-texnologiyalardan yaxshi xabardor, hayotda o'z o'rniga ega, turli minbarlarda o'ziga ishonch bilan nutq so'zlab, o'zgalarni ishontira oladigan, sport bilab shug'ullanishni kanda qilmaydigan, turli qobiliyatlar egasi, qaysi soha bo'lishiga qaramay, o'zini ko'rsata biladigan, jamiyatdagi istalgan masalaga fikr bildirib, har qanday muammodan chiqish yo'lini topa oladigan qiz degani emasmi? Yurtimizda azaldan ayol zotiga hurmat bilan qaralgan. Mamlakatimiz mustaqilligi bois bu hurmat-e'tibor yanada yuksaldi. Xotin-qizlarimizning ijtimoiy hayotdagi o'rni mustahkamlandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ning farmoniga binoan 199-yil Ayollar yili deb nomlanishi ham buning yaqqol ifodasi bo'la oladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta'sis etilishi adabiyot, fan, ta'lim, madaniyat va san'at sohalarida izlanayotgan, faol, fidoyi, tashabbuskor va iqtidorli qizlarni kashf etishda muhim Ana shunday yuksak e'tibor tufayli Prezidentimizning 199 yil 10 iyunda qabul qilingan farmoni asosida mamlakatimizda ahamiyat kasb etmoqda. O'tgan davrda o'zining a'lo bilimi va xulqi, adabiyot va san'at sohasidagi iste'dodini namoyon qilib kelayotgan yuz nafardan ziyod iqtidorli qiz ushbu mukofotga sazovor bo'ldi Asrlar davomida xalqimiz, millatimiz qadrlab kelgan odatlarga qarshi chiqib, Yevropaning bema'ni modasi ketidan quvayotgani, bu orqali o'zining va shu bilan birga millatining saviyasiga yomon ta'sir ko'rsatayotganlariga aqli yetmagan xurliqolarimiz, shubxasiz, og'izlarini to'ldirib saqich chaynash, yigitlar bilan tengma-teng gap talashish, erkakcha so'kinishdan ham tap tortmaslik, uyat-hayodan yiroq bo'lgan mavzularda suhbatlashish, o'ta xunuk xatti-harakarlari o'zlarini qay darajadagi tubanlikka tushirib qo'yayotganini ham anglay olmaydilar. Rеspublikamizda har yili o'tkazib kеlinayotgan Yil ayoli milliy tanlovi ana shunday yuksak qadriyatlarimizni yanada kеng targ'ib etish, ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish kabi qator ustuvor vazifalarni bеlgilab olgan. Shunday tadbirlardan biri Yil ayoli milliy tanlovi sharq ayoli timsolini gavdalantirish, tanlov orqali uning mеxribon ona, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga