Zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasining umumiy asoslari

Zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasining umumiy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasining umumiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasining umumiy asoslari Reja: 1. Pedagogik texnologiya tushunchasi. 2.Pedagogik texnologiya aspektlari. 3. Pedagogik te'xnologiya tarkibi. 4.Texnologiya mezonlari va prinsiplari. 5. Ta'lim texnologiyasida bola shaxsi ob'ekt va sub'ekt sifatida. Asosiy tushunchalar: pedagogik texnologiya, umumpedagogik, umumdidaktik, lokal dara;a, modilli daraja, texnologik jarayon, texnologiya mezonlari, bilimlarni o'zlashtirish, pedagogik texnologiya tushuchalari. Hozirgi davr ta'lim nazariyasida pedagogik texnologiya tushunchasiga keng urg'u berilmoqda. Pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogik texnologiya terminiga har xil ta'riflar mavjud. Bu ta'riflar har bir muallifning pedagogik texnologiyaga o'ziga xos yondashuvi asosida vujudga kelmoqda. Pedagogik texnologiya fan sifatida ham, shuningdek, ta'lim jarayonida qo'llaniladigan printsiplar, yo'l va usullar sifatida ham shakllanib kelmoqda Pedagogik texnologiya ni uchta aspektda ko'rish mumkin. Nazariya: Pedagogik texnologiya pedagogika fanining, ta'limning maqsadi, mazmuni va metodlarini ishlab chiquvchi, pedagogik jarayon loyihasini tuzuvchi qismi. Harakatli jarayon : Ta'limning rejalashtirilgan natijasiga eri-shish uchun uning maqsadi, mazmuni, metod va vositalariga erishi jarayonini tasvirlash yoki algoritmi Amaliy jarayon: Pedagogik texnologiya jarayonini amalga oshirish, shaxsga ma'lum sifatlarning shakllanishi uchun pedagogik jarayon vositalarini ishga solish. Pedagogikni texnologiyani o'quv amaliyotida uzviy bog'liq uch ierartik darajada ko'rsatish mumkin: Pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi. Педагогик технология Pedagogik texnologiya quyidagilarni ta'minlaydi. Texnologiya mezonlari: Har qanday pedagogik texnologiya asosiy metodologik talablarga javob berishi lozim. Pedagogik texnologiya quyidagi talablarga javob berishi lozim: - o'quv-tarbiyaviy jarayonda o'quv-texnik vositalari ob'ekt va usullaridan maqsadli foydalanish. - pedagogik jarayonda muloqot tizimini to'g'ri tashkil etish va pedagogik ma'lumotlarni taqdim etish. - o'quvchilarning bilim olish jarayonini boshqarish tizimi. (o'zlashtirish faoliyatidagi boshqaruv tizimi). - belgilangan masalani yechish maqsadida pedagogik jarayon uslub va vositalarini konstruktsiyalash (shakllantirish, ko'rish). - o'qish va tarbiya jarayonini rejalashtirish - bir-biriga bog'liq g'oyalar tizimi, insonlar faoliyatini tashkil etish vositalari, ta'lim maqsadiga erishish resurslarini ichiga olgan kompleks integrativ jarayon. Pedagogik tizimni texnologik loyihalash. Ta'lim jarayonini amalga oshirish va baholashni rejalashtirishda quyidagi mezonlarga tayaniladi:. Konseptuallik: Har bir pedagogik texnologiya o'z tarkibida falsafiy, psixologik, didaktik, ijtimoiy pedagogik asosni qamrab olgan aniq ilmiy kontseptsiaga tayanishi lozim. Tizimlilik: Pedagogik texnologiya hamma o'zaro bog'liq qismlardan iborat tizimning mantiqiy jarayoni belgilariga ega bo'lishi va yaxlit bo'lishi lozim: Jarayonning mazmun-mohiyati uning qismlarining uzviy bog'liqligi, yaxlitligidan iborat. Samaradorlik. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar raqobatli shartlar asosida mavjud bo'lib, natijalar bo'yicha samara berishi, optimal harakatli bo'lishi va ta'limning ma'lum bir standartlarini kafolatlashi shart. Qo'llanuvchanlik. Pedagogik texnologiya bir xil ta'lim muassasalarida boshqa sub'ektlar tomonidan ham qo'llanilish imkoniyatini beradi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari. Har qanday umumpedagogik ta'lim texnologiyasi falsafiy asosga ega. Biroq o'qitish metodi va vositalarida falsafiy asosni topish qiyin. Gohida g'oya nuqtai nazaridan bir-biriga zid bo'lgan texnologiyalarda ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.15 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.15 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga