Zamonaviy pedagogika fani o'qituvchisi va unga qo'yiladigan talablar O'quv jarayonida o'qituvchi rahbarlik vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida kasb ta'limi o'qituvchisiga ham taaluqlidir. Kasb ta'limida vaqtning qismini o'quvchilarning mustaqil amaliy ishlari egallashi o'qituvchining rolini yanada oshiradi. Chunki hamma narsa o'qituvchi tomonidan oldindan puxta o'ylansa va yaxshi planlashtirilsagina o'quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin. Kasb ta'limi o'qituvchisi darsga tayyorlanayotganda har xil metod va usullarni qo'llab yangi materialni qanday bayon qilishni o'ylaydi. U o'quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy rivojlanishi va mehnat unumdorligiga ta'sir qiladigan boshqa omillarni hisobga olgan holda obyektlarni tanlaydi. Kasb ta'limi o'qituvchisi oldida o'quvchilarning o'quv-ishlab chiqarish jamoalarini tashkil qilish, ular orasida ishlab chiqarish munosabatlarini yo'lga qo'yish masalasi paydo bo'ladi. Bundan tashqari, boshqa boshqa o'quv predmetlaridagi kabi kasb ta'limi o'qituvchisida o'quvchilarning mehnat usullarini to'g'ri bajarishini, olingan bilimlarni amalda qo'llashni nazorat qilish va ularning o'quv faoliyati natijalarini baholash funksiyasini saqlab qoladi. Quyidagilar kasb ta'limi o'qituvchisiga xos bo'lishi kerak: yuqori g'oyaviylik. O'qituvchi o'sib kelayotganavlodning tarbiyachisidir. U o'quvchilarni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalashi kerak. Yuqori texnik malaka. Masalan, kasb ta'limi jarayonida o'quvchilar o'zlari tanlagan mutaxassislikka oid bilim va ko'nikmalarni egallaydilar. Shu munosabat bilan oliy o'quv yurtining talabalari bu mutaxassisliklarga oid kasbiy bilimlar asoslarini egallashlari hamda keyingi amaliy faoliyat jarayonida o'z mahorati darajasini uzluksiz oshira borishlari kerak. 3. Yuqori psixologik-pedagogik tayyorgarlik. Kasb ta'limi o'qituvchisining o'zi bilim va malakalarni yuksak saviyada egallabgina qolmay balki o'quvchilarda ham malum malakalarni tarkib toptirish uchun ularga bilimlar berishi kerak. Bilim va malakalarni egallash jarayonining o'z qonuniyatlari bor, maktabdagi ta'lim shu qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Kasb ta'limi o'qituvchisi psixologiya, didaktika va boshqa fanlarning o'quv jarayoniga asos bo'ladigan muhim qoidalarini chuqur o'zlashtirib olishi kerak. 4. O'z kasbiga muhabbat. O'qituvchilik kasbining o'ziga xos tomonlarini chuqur bilish, o'z kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlaridan zavqlanishi, qiyinchilarni engib o'tish uchun kuch va imkoniyat topa olish kasb ta'limi o'qituvchisining muhim fazilatlari qatoriga kiradi. Kasb ta'limi o'qituvchisi oliy o'quv yurtidagi tayyorgarligi har qancha asosli bo'lsa ham, u tugallangan hisoblanmaydi. Malumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi juda tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Mehnat qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu kasb ta'limi jarayonida o'z aksini topmog'i kerak. Demak, kasb ta'limi o'qituvchisi fan va texnika sohasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan o'quvchilarni tushunarli shaklda xabardor qilib turishi kerak. O'qituvchilar kasb ta'limi jarayonida foydalaniladigan metodik vositalar majmuasi ham o'zgarmay qolmaydi. O'z ishiga ijodiy yondashuvchi o'qituvchilar o'quvchilarga ta'sir qilishning yangi shakllarini, uzluksiz ravishda bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishning yangi usullarini topadilar. Yaxshi tajriba umumlashtiriladi va ko'pchilikning mulki bo'lib qoladi. Shunga ko'ra har bir o'qituvchi ilg'or pedagogik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.18 MB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.18 MB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:33 ]
Arxiv ichida: ppt