Zamonaviy ta'limda axborot texnologiyasi

Zamonaviy ta'limda axborot texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Zamonaviy ta'limda axborot texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy ta'limda axborot texnologiyasi Reja: Axborot texnologiyasining maqsad va vazifalari. Axborot texnologiyasini tayyorlash manbaalari. Hozirgi zamon o'qituvchisining axborot texnologiyasi. Yangi axborot texnologiyalarining tiplari. O'qituvchining kompyuterli yangi pedagogik texnologiyalari. Tayanch iboralar: 1. Axborot texnologiya. 2. Zamonaviy axborot texnologiyasi. 3. Yangi axborot texnologiyasi. 4. O'qitishning yangi axborot texnologiyasi. 5. O'qituvchining axborot madaniyati. 6. Telekommunikatsiya vositalari. 7. hisoblash texnikasi vositalari. 8. Axborot texnologiyasining noan'anaviy manbalari. 9. Kompyuterli texnologiyalar. 10. Universal tipdagi axborot texnologiyalar. Pedagogik oliy o'quv yurtlari va universitetlarda bo'lajak o'qituvchilarni maktab ishiga tayyorlash tizimida yangi axborot texnologiyasi bilan qurollantirish muhim o'rni egallaydi. Maktab o'qituvchisi ishlab chiqarish taraqqiyotining kelajagi, yo'l-yo'riqlari va xususiyatlarini bilishi, shu bilan birgalikda o'zi yashab turgan xalqning an'analari va urf-odatlaridan xabardor bo'lishi lozim. Aholining ruhiyatini, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy, huquqiy, maishiy, oilaviy odatlari haqida yangi axborot olib turishi va buni o'z ta'lim tarbiyaviy ishlarida foydalanishi axborot texnologiyasini vazifalaridan biridir. Bu yangicha mazmun - axborotlarni o'quvchilarga malum vaqt chegarasida yetkazish jarayonini tezlashtiruvchi omillardan biridir. Asosiy etibor hozirgi zamon talablari asosida ishlay oladigan maktablar, bolalar bog'chalarida ijodkorlik, izlanuvchanlik bilan mehnat qilish, tajriba va sinovlar o'tkazishdan cho'chimaydigan, ta'lim sohasidagi islohotlar yo'nalishi va mohiyatini chuqur anglaydigan, o'z kasbiga sadoqatli o'qituvchi va tarbiyachilarni tarbiyalab berishga qaratilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta'minlash rivojlanadi. Axborot texnologiyasining yana bir maqsadi insonparvarlik g'oyalarini targ'ib etish bilan birga umumiy emas, aniq bir shaxs tarbiyasiga qaratilgandir. Yani hozirgi har bir o'quvchining va talabaning boshqa zarur sifatlardan tashqari mustaqil, erkin, xur fikrli bo'lib voyaga etishga butun diqqat etibor qaratilgan. Hozirgi yangi pedagogik texnologiya, ta'lim standartlari, ular asosida tayyorlanayotgan darsliklar va qo'llanmalar o'zining mazmun-mohiyati bilan yoshlarning ana shunday mustaqil fikrli qilib tarbiyalashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan «ta'lim to'g'risida»gi Qonunning yangilanishi tabiiy hol. Lekin mazkur qonunni oldingi qonundan farqli ravishda yana bir muhim hujjat «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bilan birgalikda qabul qilinishi uning ahamiyatini yana ham takomillashtirib yubordi. Chunki milliy dasturda ta'lim tizimimiz erishgan muvaffaqiyatlar, hal etilgan muammolar, ta'limni isloh qilishni unda ko'zda tutilgan barcha maqsad va vazifalarni amalga oshirish axborot berilgan. Axborot texnologiyalari va ularning ta'limda qo'llash. «Axborot texnologiyasi» haqida tushunchalarni oydinlashtirish uchun quyidagi misolga murojaat qilaylik: Respublikamizda har kuni yuzlab ro'znomalar chop etiladi. Har qanday ro'znomalarni tayyorlanishi eng avvalo turli manbalardan (malliflardan, axborot agentliklaridan) olingan axborotlarni saralash va tahlil etish chiqishdan boshlanadi. Mazkur jarayon natijasida tanlangan materiallar tahlil uchun muharrirga beriladi. Ular chop etishga tayyor bo'lgach, ro'znomalarni sahifalarga joylashtirish maqsadida yana bir bor ko'rib chiqiladi va har bir material uchun talab etilayotgan satx aniqlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.08 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.08 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga