Zamonaviy ta'limda xorijiy tajribalar

Zamonaviy ta'limda xorijiy tajribalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Zamonaviy ta'limda xorijiy tajribalar - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy ta'limda xorijiy tajribalar Reja: Xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi. Modulli ta'limning ahamiyati va mohiyati. Zamonaviy ta'lim shakllari: blended learning (aralash o'qitish), masofali o'qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar. Zamonaviy ta'limda tyutorlik, supervizorlik va moderatorlik faoliyati. Xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi. Amerikada ta'lim tizimi Amerika Qo'shma shtatlarida ta'lim tizimining tuzilishi quyidagicha: bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; 1- 8 - sinflargacha bo'lgan boshlang'ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o'qiydilar); 9 - 12 - sinflardan iborat o'rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo'lgan bolalar ta'lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo'shma Shtatlarida navbatdagi ta'lim bosqichi oliy ta'lim bo'lib u 2 yoki 4 yil o'qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o'quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. AQSHda majburiy ta'lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o'quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo'lishi mumkin. Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug'ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog'chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog'chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo'luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning o'zi olib keladi. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta'lim boshlanadi. Boshlang'ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang'ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo'naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko'chish o'quvchining o'zlashtirganlik darajasiga bog'liq. Boshlang'ich ta'lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to'garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to'lash lozim. O'rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9 - sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o'rta maktabga qabul qilinadi. O'rta maktablarda to'rt yo'nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi. 1 - kasb-hunar ta'limi, 2 - biznes ta'limi, 3 - savdo va sanoat ta'limi hamda 4-qurilish ta'limi. Oliy ta'lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi. 1-kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2bakalavr 4 yillik kollejlarda , 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirishi mumkin.Bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4 - bosqich esa aspirantura, doktorantura. Maktablarda ta'lim televidiniesi, elektron til laboratoriyasi, videoapparatura kompyuter va hoka'zolarni qo'llash yo'lga qo'yilgan. Maktablar tatil vaqtida ham ishlab turadi. To'garaklarda qayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta'limda ikki yo'nalish mavjud: 1-ta'limni individuallashtirish; 2-talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish. O'qituvchi yo'naltiruvchi rol o'ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish mantiqiy fikrlashga o'rgatishdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.81 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.81 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga