ZARARLI ODATLAR - GIYOHVANDLIK VA TOKSIKOMANIYA giyohvandlik va uning zararli oqibatlari Turli giyohvand moddalarni qabul qilish, spirtli ichimliklar ichish va boshqa illatlar mamlakat taraqqiyotiga, iqtisodiyotiga, insonning jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. XXI ASR VABOSI VUJUDGA KELISH SABABLARI giyohvandlik (narkomaniya)ni kelib chiqishi tarixi. giyohvand moddalar (narkotiklar). Narkomaniya so'zi keng ma'noga ega bo'lib, tarixan turlicha so'zlar bilan talqin qilingan (narkomaniya - giyohvandlik, bangilik, nashavandlik, karaxtlilik). Bangilik - xalq tilida atalib kelgan so'z, bangi - bangi bo'lib qolishlik ma'nosida. Nashavandlik - nasha o'simligi, nasha preparatlariga o'rganib qolishlik. Giyohvandlik - kayf keltirib chiqaruvchi, o'ziga o'rgatib qo'yuvchi vositalardan, masalan ko'knori, tamaki, nasha, kanop o'simligining ayrim turi va ularning preparatlarini iste'mol qilishlikni anglatadi. Karaxtlik esa karaxt bo'lib qolgan, o'zini bilmay qolgan, narkoz holatiga tushishlik degan ma'noni anglatadi va bundan asl ma'no kelib chiqadi. Narkomaniya esa «Narko» (narkoz) va «maniya» (odam) so'zlarining yig'indisi hisoblanib, narkoz - hech narsani sezmaydigan holatni anglatadi. giyohvand moddalarni iste'mol qilish (xattoki bir marta) organizmga o'ta jiddiy zarar yetkazishi bilan birga og'ir hastalik, ya'ni giyohvandlikka (narkomaniyaga) olib kelishi mumkin. giyohvand moddalarni iste'mol qilish oqibatida organizmning surunkali zaharlanishi yuz beradi, buning natijasida tolerantlikni o'zgarishi, o'rganib qolish, mahrum bo'lish sindromi, emotsional-psixik o'zgarishlar, jismoniy hamda jinsiy o'zgarishlarga olib keladi. VOZ (xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti) 1991 yil giyohvand moddalar toifasiga quyidagilarni kiritdi: Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ta'biriga ko'ra narkotik moddalar deb quyidagi mezon-o'lchov belgilangan NARKOMANIYANI -GIYOHVANDLIKNI OLDINI OLISHLIK 1. Narkotiklarni tibbiyot amaliyotida qo'llashliklarni kuchli nazorat ostiga olishlik. 2. Qonunga xilof ravishda narkotik moddalarni yetishtirish va ishlab chiqarilishiga yo'l qo'ymaslik. 3. Narkotik moddalarga ega bo'lishlik. 4. Narkotik moddalarni saqlash. 5. Narkotik moddalarni bir joydan boshqa joylarga yetkazish. 6. Narkotik moddalarni o'tkazish va sotish. 7. Narkotik moddani ayrim shaxslar tomonidan sun'iy holda ishlab chiqarishlikka yo'l qo'ymaslik. 8. Ko'knori o'simligini o'stirib yetkazish va boshqalar. Yuqorida qayd etilgan masalalarning hammasi shaxsiy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi. Va eng muhimi narkomaniyaning oldini olish - SPID (OITS) va VICh-infektsiyadan-saqlanishdir. NARKOMANIYANING BOSHLANISHIGA SABABCHI BO'LGAN OMILLAR Avvalo aytish mumkinki, narkotik moddalarga o'rganib, giyohvand bo'lib qolishlikning sabablari anchagina. Masalan: 1) dastavval boshqalardan ko'rib shunga intilishlik; 2) kayf qilishilikka havas bilan qarashlik; 3) biror boshqa atrofdagi kishilar yoki tengqurlarining ta'sirida birinchi bor o'zini sinab ko'rishlik; 4) guruhlarga qo'shilib qolishlik; 5) uning yomon oqibatlari haqida chuqur o'ylamaslik; 6) oiladagi ayrim nohushliklar; 7) tarbiyaning etarli darajada bo'lmasligi; 8) ijtimoiy va oilaviy qiyinchiliklar; 9) maktabdagi ayrim shaxslar - «do'stlar»ning ta'siri; 10) ishining yurishmaganligi; 11) ishqiy muhabbatdagi ko'ngilsizlik; 12) bekorchi vaqtning ko'pligi va boshqalar; 13) shaxsning o'ziga xos ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
866.69 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
866.69 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:33 ]
Arxiv ichida: pptx