Zardushtnoma Reja: Zardushtnoma Zardushtiylik dinining g'oyalari Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu (Dostondan parcha) Men pahlaviy deb atalgan yozuvla bitilgan Shoxona kitoblardan birini ko'rdim. U asrab kelingandir barcha oqillar va Ustozlar ustozi mobedlar mobedida. Unda olam hodisalari, ajdodlar Va shohlar ishlari haqda bitilgan. Unda olamga saodatli Zardusht keltirgan Avesta va Zendaning hikoyatlari bitilgan. Shuningdek, Zardushtning onadan tug'ilishi Va so'ngra u bilan yuz bergan voqealar Bandalarchun bu kitob eskidur endi Va hech kim uni o'qiy olmaydi1 Mazkur doston 1760 yil mashhur fransuz olimi Anketil Dyu Perron tomonidan avval lotin tili, keyin esa fransuz tiliga tarjima qilingan. Asarni ingliz tiliga Istvix tarjima qilgan. Keyinchalik asarning F.A.Rozenberg tomonidan qilingan fransuzcha tarjimasi ham elon qilingandir. Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu dostonda keltirilgan ma'lumotlarni qanday manbalarga asoslanib bayon etganligi haqida ma'lumot yo'q edi. Lekin tadqiqotchilar dostonni yozishda muallifning ikki muhim manba- Avestoning yo'qolib ketgan Chitradat (o'n ikkinchi) va Spent (o'n uchinchi) nusxalaridan foydalanganligini etirof etadilar. Lekin Avesto tarjimoni Dj. Darmsteter Zardusht birinchi inson Gayomard haqidagi afsonaviy rivoyatning afsonaviy qahramoni bo'lib, xalq fantaziyasining mevasidir, deydi. Afsonada hikoya qilinishicha, u jaholat ramzi sanalgan ilon bilan kurashib halok bo'ladi. Undan uch o'Gil qolib, ular uch tabaqa - kohinlar, harbiylar hamda dehqonlar avlodiga asos solganlar. Mavjud manbalar, shuningdek, so'nggi yillarda elon qilingan ma'lumotlarga ko'ra zardushtiylik Sharq xalqlari siGingan qadimgi dinlardan biri sanaladi. Mazkur dinning asoschisi Zardusht (Sariq to'n egasi degan manoni anglatadi) bo'lib, din ham uning nomi bilan atalgan. Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570 yilda tug'ilgan bo'lib, 77 yoshida, ibodat qilayotgan paytida dushman qohinlaridan biri tomonidan o'ldirilgan. Zardusht o'z davrida ikki xudolik g'oyasini ko'tarib chiqadi. Asta-sekin u payGambar darajasiga ko'tariladi va o'zini Axura-Mazda, yani, Oliy Tangri elchisi deya elon qiladi. Zardusht dunyoni yaxshilik va yomonlik dunyosi tarzida ikiga bo'ladi. Bu ikki dunyo o'rtasida bir-biriga qarama-qarshi g'oyalar ustuvor bo'lib, ular o'rtasida doimo kurash ketadi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko'plab o'lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so'ng zardushtiylik dinining g'oyalari yanada keng yoyila boshlaydi. Avesto asari eramizdan avvalgi YI asrning oxiri va IY asrning boshlarida yaratilgan bo'lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o'tishi bilan qayta-qayta ishlanadi. Asarning to'liq kitob holida shakllanishI eramizdan avvalgi birinchi asrga to'Gri kelishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi. G'arb, rus va o'zbek olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Zero, Avesto asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid ma'rifiy fikrlar malum bir tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g'oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.49 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.49 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:33 ]
Arxiv ichida: doc