Kirxgof qoidalari

Kirxgof qoidalari

O'quvchilarga / Fizika
Kirxgof qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Kirxgof qoidalari. O'tkazgichlarni ulash Tokning ishi va quvvati

Kirxgof qoidalari. O'tkazgichlarni ulash. Tokning ishi va quvvati. Joul'-Lens qonuni. Reja: Kirxgof qoidalari O'tkazgichlarni ulash Elektr energiya manbalarini ulash Tokning ishi va quvvati. Joul-Lens qonuni O'quvchi bilishi kerak: O'tkazgichlarni ulash. Elektr yurutuvchi kuch, pottensiallar farqi, iste'molchi, ichki qarshilik, tok manba, tugun, Kirxgof qoidalari: Kirxgofning birinchi qoidasi, Kirxgofning ikkinchi qoidasi, o'tkazgichlarni ketma-ket ulash, o'tkazgichlarni parallel ulash. Mavzuning maqsadi: O'quvchilarga o'tkazgichlarni ulash, elektr energiya manbalarini ulash, Kirxgorf qoidalari, tokning ishi va quvvati. Joul-Lens qonuni haqida tushunchalar berish. Mavzuning bayoni: 1. Amalda, ko'pincha tugunlari bor tarmoqlangan zanjirni hisoblashga tug'ri keladi. Tarmoqlangan zanjirning tuguni deb kamida uchta o'tkazgich tutashgan nuqtaga aytiladi. Tugunga keladigan tok musbat, chiqib ketadigan esa manfiy hisoblanadi. Kirxgofning birinchi qoidasi zaryad saqlanish qonunining natijasi bo'lib, zanjirning hech bir nuqtasida (jumladan tugunlarida ham) zaryad yig'ilishi yoki yo'qolishi mumkin emasligini ko'rsatadi. Tugunda qo'shiladigan toklarning algebraik yig'indisi nolga teng: I-I1-I2-I3=0 bu yerda k- tugunga keladigan toklarning soni. Kirxgofning ikkinchi qoidasi Om qonunini umumlashtirish bo'lib istalgan yopiq konturdagi tarmoqlangan elektr zanjiriga qo'llanishi mumkin. Istalgan yopiq konturdagi tarmoqlangan zanjir EYUKlarining algebraik yig'indisi, shu konturning tegishli qismidagi tok kuchi va qarshiligi ko'paytmalarining yig'indisiga teng. bu yerda m-yopiq konturdagi qismlar soni, n-tok manbalarining soni. Kirxgofning qoidalaridan foydalanish. O'zgarmas tok tarmoqlangan zanjirini Kirxgof qoidalaridan foydalanib hisoblashni qo'yidagi tartibda olib borish kerak; Konturni aylanishining ixtiyoriy yo'nalishini tanlash; Zanjirning barcha qismlari uchun toklarning yo'nalishini tanlash va strelkalar bilan belgilash, har bir qismda tok faqat bir xil qiymat va bitta yo'nalishga ega bo'lmog'i kerak; Ixtiyoriy yopiq konturlar shunday tanlanmog'i kerakki, har bir yangi kontur hech bo'lmaganda bitta oldin qurilgan konturlarga kirmaydigan zanjir qismiga ega bo'lmog'i kerak 4) Agar konturni aylanish yo'nalishi Ii tokning yo'nalishi bilan mos kelsa Ii Ri ko'paytma musbat ishora bilan olinadi,va aksincha. 5) Agar konturni aylanishda manba ichida manfiy qutbdan musbat qutbga borishga tug'ri kelsa ning oldiga musbat ishora qo'yiladi, teskari holda esa EYuK manfiy ishora bilan olinadi. Agar qarshiligi va unga ulangan EYuK ning qiymati ma'lum bo'lsa, Kirxgof qoidalari tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchi va yo'nalishini hisoblashga imkon beradi. k ta tugun hosil qiluvchi p ta o'tkazgichlardan iborat sistema uchun p ta tenglama tuziladi: (k-1) ta tenglama tugunlar uchun,va p-(k-1)ta tenglama mustaqil yopiq konturlar uchun. 2. O'tkazgichlar ketma-ket ulanganda birinchi o'tkazgichning tugashi ikkinchisining boshlanishiga, ikkinchisining tugashi esa uchinchisining boshlanishiga va hokazo, ulanib barcha qismlardagi tok kuchi bir xil (I=const), zanjirning umumiy qarshiligi esa alohida- alohida qarshiliklarning yig'indisiga teng bo'ladi, ya'ni I=I1=I2=I3 R=R1+R2R3 Umumiy kuchlanish tushishi har bir o'tkazgichdagi kuchlanishlar tushishlarining yig'indisiga teng U=U1+U2+U3 O'tkazgichlar parallel ulanganda esa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.57 KB
Ko'rishlar soni 507 marta
Ko'chirishlar soni 96 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.57 KB
Ko'rishlar soni 507 marta
Ko'chirishlar soni 96 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga