Kuch momenti Qattiq jismni aylanma harakatga keltirish uchun muayan nuqtadan unga biror kuch ta'sir etishi kerak. 4.2-rasmda tasvirlangan jism vertikal OZ, o'q atrofida aylana olish imkoniyatiga ega. Lekin bu jism har qanday yo'nalishdagi kuch ta'sirida ham aylanavermaydi. Xususan, F kuchning yo'nalishi 4.2a-rasmda tasvirlangandek bo'lganda jism soat strelkasining yo'nalishida OZ o'q atrofida aylanma harakatga keladi. F kuch 4.2 б-rasmdagidek yo'nalishida ta'sir etgan holda esa jism soat strelkasiga teskari yo'nalishda aylanadi. Agar jismga ta'sir etuvchi kuch 4.2 е va 4.3 г-rasmda ko'rsatilgan yo'nalishlarga ega bo'lsa jism aylanmaydi. Kuch vektori bilan ustma-ust tushadigan to'g'ri chiziq shu kuchning ta'sir chizig'i deb ataladi. Agar kuch jismning aylanish o'qiga paralel yoki perpendikulyar bo'lsa jism aylanma harakatga kelmaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, miqdorlari turlicha bo'lgan kuchlar yoki kattaligi aynan bir xil, lekin yo'nalishlari turlicha bo'lgan kuchlar ta'sirida jismning aylanishi turlicha bo'ladi. Umuman, jismni aylantira olish uchun kuch momenti degan miqdoriy kuch xarakteristikasidan foydalanish kerak. Jismning biror nuqtasiga F kuch ta'sir etayotgan bo'lsin (4.3-rasm). Bu kuchning ixtiyoriy qo'zg'almas О nuqtaga nisbatan momenti (М) deganda О nuqtadan kuchning qo'yilish nuqtasiga o'tkazilgan radius-vektor (r) va F kuchning vektor ko'paytmasi tushuniladi, ya'ni (4.1) M ning moduli quyidagicha ifodalanadi: (4.2) Bunda - vektogri va F kuch orasidagi burchak. U holda kuchning ta'sir chizig'iga О nuqtadan tushirilgan perpendikulyarning uzunligi bo'ladi va uni F kuchning О nuqtaga nisbatan yelkasi deb ataladi. М va F vektorlarning yo'nalishlari o'ng vint koidasi asosida bog'langan: О nuqtaga joylashgan o'ng vintni F ning ta'siri tomoniga buraganimizda vint ilgarilanma harakatining yo'nalishi М ning yo'nalishini ko'rsatadi. Aylanuvchi qattiq jismga ta'sir etayotgan bir necha kuchning ixtiyoriy О nuqtaga nisbatan momenti (М) har bir kuchning shy nuqtaga nisbatan momenti larning vektor yig'indisi tarzida aniqlanadi, ya'ni. (4.3) Agar ta'sir etayotgan barcha kuchlarnipg qo'yilish nuqtasi umumiy bo'lsa, mazkur kuchlarning biror О nuqtaga nisbatan momeitlarining vektor yig'indisi shu kuchlar teng ta'sir etuvchisi () ning mazkur nuqtaga nisbatan momenti bilan almashtirilishi mumkin. Ba'zan, jism biror qo'zg'almas o'q (4.4-rasm) atrofida aylana olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday hollarda ta'sir etuvchi kuchning o'qqa nisbatan momenti tushunchasini kiritamiz. Kuchning biror o'qqa nisbatan momenti deb shu kuchning Q perpendikulyar tekislikdagi proektsiyasining berilgan o'q va mazkur tekislikning kesishish nuqtasiga nisbatan momentining algebraik qiymatiga aytiladi. Masalan, jismning A nuqtasiga (4.4-rasm) qo'yilgan F kuchning OZ o'qqa nisbatan momentini hisoblash uchun o'qqa perpendikulyar ravishda Q tekislik o'tkazamiz va F kuchning Q tekislikdagi proektsiyasini bilan belgilaymiz. Q tekislik va OZ o'qning kesishish nuqtasi (O1) dan ga o'tkazilgan perpendikulyarni l bilan belgilasak, yuqoridagi ta'rifga asosan, (4.4) deb yozish mumkin. ning ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.14 KB
Ko'rishlar soni
470 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.14 KB
Ko'rishlar soni
470 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:39 ]
Arxiv ichida: doc