Kоntаktdаgi tеrmоelеktrik hоdisаlаr Reja 1. Elektronning metalldan chiqish ishi 2. Tеrmоelеktrоn emissiya. Gаzlаrdа elеktr tоki. Iоnlаnish vа rеkоmbinаsiyalаnish jаrаyonlаri. 3. Kоntаktdаgi pоtеnsiаllаrning fаrqi. 4. Tеrmоelеktrik hоdisаlаri (Zееbеk, Tоmsоn vа Pеltе effеktlаri) vа ulаrning qo'llаnilishi. 5. Gаz rаzryadining to'liq vоlt-аmpеr хаrаkаtеristikаsi. 5.Plаzmа hаqidа tushunchа. Plаzmаning elеktr o'tkаzuvchаnligi. Elektronning metalldan chiqish ishi Elektronning metalldan vakuumga ajralib chiqib ketishi uchun sarflanadigan energiyasini elektronning chiqish ishi deyiladi. U bilan bog'liq ikkita sabab mavjud. 1. Agar elektron qandaydir sabab bilan metalldan chiqib ketsa, o'sha joyda ortiqcha musbat zaryad hosil bo'ladi va elektron unga tortiladi. 2. Ayrim elektronlar metallni tark qilib chiqgach uning sirtida to'planib, manfiy zaryadli «elektron buluti»ni yaratadi. Bu bulut sirtqi qatlamdagi kristall panjaraning musbat ionlari bilan birgalikda, maydonni yassi kondensator maydoniga mos keluvchi, ikkilanma elektrik qatlam hosil qiladi. Shuning uchun elektron, metalldan ajralib chiqish jarayonida uni ushlab qoluvchi, o'sha qatlamlar orasidagi elektrostatik maydon kuchlariga qarshi ish bajarishga majbur bo'ladi: A = eφ bundagi φ -potentsiallar farqini sakrab o'zgaruvchi sirt potentsiali deyiladi. Qatlamlar tashqarisida elektr maydoni mavjud emasligi uchun, muhitning potentsiali nolga teng bo'ladi. Metall ichidagi elektronning potentsial energiyasi vakuumga nisbatan manfiy bo'lib, uning miqdori -eφ ga teng. CHiqish ishi elektron volt (eV)larda ifodalanadi: 1eV=1,6∙10-19KIV=1,6∙10-19J CHiqish ishi metallarning ximiyaviy tabiatiga va ular sirtining tozaligiga bog'liq bo'lib, u turli metallar uchun bir necha elektron-volt qiymati chegarasida o'zgaradi (masalan, qalay uchun 2,2eV). Agar metall sirtini ishqoriy yer metallari (Sa, Sr, Ba) bilan qoplansa, unda chiqish ishi 2eV gacha kamayadi. Termoelektron emissiya hodisasi Qizdirilgan metalldan elektronlarning ajralib chiqish hodisasini termoelektron emissiya hodisasi deb aytiladi. Oddiy, ikki elektrodli lampa, vakuumli diod yordamida termoelektron emissiya qonunlarini o'rganish mumkin. Havosi so'rib olingan bu lampa ichida К katod va A anod deb ataluvchi ikkita elektrod joylashgan (6.1 -rasm). Agar diodni zanjirga ulab, katod qizdirilsa va anodga musbat kuchlanish berilsa, elektr toki hosil bo'ladi. Bu bog'lanish vakuumli diodning volt amper xarakteristikasi deyiladi. Bu holda, anod toki va kuchlanishi orasidagi bog'lanish diagrammasi egri chiziqdan iborat bo'ladi, ya'ni mazkur bog'lanish Om qonuniga bo'ysunmaydi. (6.2- rasm). U ning kichik. musbat qiymatlari sohasida termoelektron tok va anod kuchlanishi orasidagi bog'lanishni Boguslavskiy - Lengmyur qonuni yoki ba'zi hollarda «uch taqsim ikki» qonuni deb ham yuritiladi. bunda B - elektrodlarning shakli, o'lchamlari va o'zaro joylashuvigagina bog'liq bo'luvchi koeffitsient. 6.1-rasm 6.2-rasm. Agar anod kuchlanishi oshirilib borilsa, dastlab zanjirdagi tok kuchi ham o'sib boradi. So'ngra esa, uning miqdori to'yinish toki deb ataluvchi maksimal qiymatga etgach, o'sishdan to'xtaydi. Bu jarayon, tcmpcraturasi o'zgarmas bo'lgan katoddan ajralib chiquvchi barcha elektronlarning to'liq holda anodga ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
399.61 KB
Ko'rishlar soni
166 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
399.61 KB
Ko'rishlar soni
166 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:41 ]
Arxiv ichida: docx