Linzalar haqida tushuncha

Linzalar haqida tushuncha

O'quvchilarga / Fizika
Linzalar haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Linzalar haqida tushuncha. Darsning maqsadi : O'quvchilarga linzalar haqidagi bilimlarni, ularni turli optik asboblarda ishlatilishida o'rni muhimligini tushuntirish. Vazifalari: O'quvchilarga linzalar va ularning ishlatilishi haqida tarixiy ma'lumotlar berish, uning fotoapparatlarda, ko'zoynaklarda, mikroskoplarda ishlatilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish hamda fizik qonunlarni ko'rsatish orqali fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish. Darsda kerakli jihozlar: 6-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, linza, kompyuter texnikasi, dioproyektor Asosiy atamalar va tushunchalar: linza, optik o'q, fokus masofa, diopteriya. Dars turi: Yangi bilim berish Darsda qo'llaniladigan metod: Faol ma'ruza, guruhlar bilan ishlash Darsning borishi I. Darsning tashkil etilishi: (2 minut) a) sinfga kirishda o'quvchilar o'qituvchi tayyorlagan emblemalarini oladilar va borib o'tiradilar. b) salomlashish, davomatni aniqlash; c) o'quvchilarni darsga hozirligini ko'rib chiqish. II. Yangi mavzu bayoni O'qituvchining kichik ma'ruzasi (10 minut) Reja: Linza nima va uni qanday tushunamiz? Linzaning bosh optik o'qi nima? Linzalar qanday turlarga bo'linadi? Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi.? Linzada tasvir qanday hosil bo'ladi? Linzaning optik kuchi nima? Linzalar qanday asboblarda qo'llaniladi? Yangi mavzuni boshlashdan oldin har xil ko'zoynaklar (tasvirni katta ko'rsatadigan, uzoqni yaxshi ko'radigan, kompyuterda ishlaydigan)ni o'quvchilarga tarqatib, ulardan qayerlarda foydalanish so'raladi. Shundan so'ng linzaga ta'rif beriladi. Slayd orqali linzani ifodalovchi tasvirni katta ekranga chiqarib, o'quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi. Linza nima va uni qanday tushunamiz? Linzadan yorug'likning qaytishidan va sinishidan nurlarning yo'nalishini o'zgartirish uchun yoki yorug'lik dastalarini boshqarish uchun foydalaniladi. Masalan: mikroskop, fotoapparat va boshqa shu kabi maxsus optik asboblarning yaratilishida ushbu qoidaga asoslangan. Bu asboblarning asosiy qismini linza tashkil etadi. Masalan, ko'zoynakning oynasi gardishga olingan linzadir. Ko'zoynakdan insonlar kichik narsalarni katta qilib, uzoqni yaqin qilib ko'rishda foydalaniladilar. Inson hayotida linzalarning qo'llanilishi muhim ahamiyatga ega. Demak linzalar shaffof jismlardan yasaladi. Shaffof jism deb nimaga aytiladi? Yorug'likni yaxshi o'tkazadigan moddalardan yasalgan jismlarga shaffof jism deyiladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Uni har qanday shaffof materialdan, hatto muzdan ham yasash mumkin. Linzalarda tasvir yasash uchun optik o'qqa parallel nurlar yuboriladi. Linzaning bosh optik o'qi deb sferik sirtlarning O1 va O2 markazlaridan o'tuvchi to'g'ri chiziqqa aytiladi. Linzalar qanday turlarga bo'linadi? Linzalar qavariq va botiq linzalarga ajratiladi. Qavariq linza yig'uvchi, botiq linza sochuvchidir. Linzaning o'rta qismi chetlariga qaraganda yo'g'on bo'lsa qavariq, ya'ni nurlarni yig'adi, agar o'rta qismi chetlariga qaraganda ingichka bo'lsa botiq, ya'ni nurlarni sochadi. Linzalarning mana shu xususiyatidan amalda keng foydalaniladi. Masalan: Fatoapparatlarda yig'uvchi linzalar fotosuratga olinayotgan buyumni kichiklashtirgan tasvirni beradi. Sochuvchi linza kino apparatdagi kichik kadrdagi tasvirni yuzlab marta kattalashtirib beradi. Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi? Linzadan o'tgan nurlar bir nuqtada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 139.42 KB
Ko'rishlar soni 301 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 139.42 KB
Ko'rishlar soni 301 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga