Moddiy nuqta va qattik jism ilgarilanma harakat dinamikasi. Ish va energiya. Saqlanish qonunlari. Qattik jismning aylanma harakat dinamikasi. Savollar Nyutonning birinchi qonunini nima uchun inersiya qonuni deb yuritiladi? Agar jismga bir vaqtni o'zida bir necha kuch ta'sir qilayotgan bo'lsa, u holda Nyuton ikkinchi qonunining matematik ifodasi qanday ko'rinishda bo'ladi? Nyuton uchinchi qonunida kuch nega o'zining kattaligi va yo'nalishidan tashqari qo'yilish nuqtasi bilan xarakterlanadi? Moddiy nuqta va moddiy nuqtalar sistemasining impulsi va impulsning saqlanish qounini ta'riflang va matematik ifodasini yozing? Moddiy nuqtalar sistemasining massa markazi deganda fazoning qanday nuqtasi olinadi? Massasi o'zgaruvchi jismning harakat tenglamasi qanday ifodalanadi? Mexanik ish formulasini ifodalang va qanday kuchlar manfiy ish bajarishini ko'rsating? O'zgaruvchan kuch ta'sirida jismning bajargan to'la ishini hisoblashda qanday usuldan foydalaniladi? Quvvatni ishning bajarilish tezligi bilan bog'liqligini xarakterlang. Energiya, energiyaning turlari va to'la energiyaning saqlanish qonunlarini ifodalang? Elastik deformatsiyalangan jismning potensial energiyasi qanday ifodalanadi? Sharlarni absolyut elastik va noelastik urilishlarida qanday saqlanish qonunlari bajariladi? Masalalar 1-masala. Jismga t=10s davomida F=50N o'zgarmasi kuch ta'sir qilayapti. Agar bu vaqt ichida jism harakatining tezligi dan gacha o'zgargan bo'lsa, jismning massasi m ni toping. Berilgan: , t=10s, F=50N m ~? yechish. Impulsning o'zgarish qonuni (2.14) dan foydalanib bundan 2-masala. Raketaning reaktiv dvigateli yonish mahsulotlarini yonib bo'lgandan keyin otib tashqariga chiqaradi. Otib chiqarayotgan chiqindi mahsulotning massasi m=0,4 kg, otilib chiqish tezligi bo'lib, dvigatelda sekundiga 20 marta otib chiqarish yuz bersa, t=5s ning oxirida raketa qanday tezlikka erishadi? Raketaning boshlang'ich massasi M=300kg ga, boshlang'ich tezligi esa nolga teng. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. Berilgan: m=0,4 kg =0,4 kg , =100ms, =20 1s, t=5s =5s M = 300kg = 300kg ~? yechish. Raketadan otib chiqarilgan gazining birinchi ulushining tezligi , ikkinchi, uchinchi va hokazo n-ulushi tezliklarini mos ravishda va bilan belgilaymiz. Harakat boshlanguncha impulsning yig'indisi nolga teng bo'lgani uchun impuls saqlanish qonuniga asosan, birinchi ulush gaz chiqqandan keyin: , bundan (1); ikkinchi ulush gaz chiqqandan keyingi tezlik: bundan (1) ga asosan (2) Bunda -ikkinchi ulush gaz chiqqunga qadar raketaning impulsi. Uchinchi ulush gaz chiqqunga qadar raketaning impulsi quyidagiga teng bo'ladi: bundan (2) ga asosan (3) shunday qilib (1), (2), (3) tenglamalarni inobatga olib uchun quyidagini yozamiz bo'lgani uchun t=5s oxiridagi raketa tezligi: . 3-masala. Lemexlarining egallash eni l=1,2m bo'lgan traktor t=8 soat davomida S=2 gektar yer haydaydi. Tuproqning qarshiligi Fishq=17640N ga teng. Traktorning foydali ish koeffitsiyenti traktor motorining quvvati N ni aniqlang. Berilgan: Fishq=17640N =17640 N t=8 soat = s S= 2gektar = l=1,2m = N~? yechish. Traktorni tuproqning qarshilik kuchiga ...

Joylangan
30 Aug 2023 | 06:09:04
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.2 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Aug 2023 [ 06:09 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.2 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:50 ]
Arxiv ichida: docx