Magnit maydon va uning xarakteristikalari

Magnit maydon va uning xarakteristikalari

O'quvchilarga / Fizika
Magnit maydon va uning xarakteristikalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti Fizika -matematika fakulteti Fizika va astronomiya yo'nalishi 1 bosqich talabasi Madraximova Nning Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi fanidan REFERATI Tekshirdi: Yuldasheva M. Topshirdi: Madraximova N. Qo'qon - 20 y. Mavzu: Magnit maydon va uning xarakteristikalari. Reja: Elektrodinamika Chap qo'l qoidasi. O'ng qoidasi. Aylanma tok atrofidagi magnit maydon induksiya chiziqlari. Elektrodinamika Elektrodinamika - fizikaning elektr zaryadlarining o'zaro ta'sirini o'rganuvchi bo'limi. U qo'zg'almas zaryadlar o'zaro ta'sirining xususiy va eng sodda holi sifatida elektrostatikani o'z ichiga oladi. Harakatlanuvchi zaryadlar orasidagi o'zaro ta'sirni elektrodinamikada elektr va magnit maydon iboralaridan foydalanish tufayligina tavsiflash mumkin. Shuni ham e'tiborga olish kerakki, ko'pincha, bir maydonni ikkinchisidan ajratish mumkin emas va shuning uchun elektromagnit maydon to'g'risida gapiriladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, harakatlanuvchi zaryadga ta'sir etuvchi kuchni ikki qo'shiluvchining yig'indisi deb tasavvur qilish mumkin: Birinchi qo'shiluvchi zaryadning harakatlanishiga yoki uning qo'zg'almay turishiga bog'liq emas, shuning uchun elektr kuchi elektrostatikadagi ifodaning aynan o'ziga teng: bu yerda q - zaryad miqdori, - elektr maydon kuchlanganligi. Lo r ye n ts kuchi deb ataladigan ikkinchi qo'shiluvchi zaryad tezligiga bog'liq va magnit maydonga bog'langan. Agar elektr maydon kuchlanganligi har bir nuqtada vektor bilan ifodalansa, u holda magnit maydon kattaligi m a g n i t i n d u k s i y a v e k t o r i deyiladigan V vektor bilan ifodalanadi. Elektr maydondan farqli faqat harakatlanuvchi zaryadlar hosil qiladigan magnit maydon vujudga keladi. L o r e n s k u ch i ifodasi elektr kuchga nisbatan murakkab ko'rinishli bo'lib, absolyut miqdori bo'yicha u: ga teng. Lorens kuchi zarraning q zaryadiga, uning tezligiga proportsional va zaryadning harakat yo'nalishiga bog'liq bo'ladi. burchak - tezlik vektori va induksiya vektori orasidagi burchak. Lorens kuchining yo'nalishi quyidagicha aniqlanadi: Lorens kuchi har doim magnit induksiya vektoriga perpendikulyar, u esa fazoda ajratib olingan magnit kuchlar ta'sir etmaydigan yo'nalishni ko'rsatadi; bundan tashqari Lorens kuchi vektori zaryad tezligi vektori ga ham perpendikulyardir. Kuchning oxirgi yo'nalishini (masalan, rasmda yuqoriga yoki pastga) chap qo'l qoidasi yordamida aniqlash mumkin (manfiy zaryad uchun kuch yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgaradi). Lorens kuchi tezlikka (va zaryadning kuchishiga) perpendikulyar bo'lgani uchun bu kuch bajargan ish har doim nolga teng bo'ladi. Magnit maydon zaryadlangan zarra tezligi kattaligini o'zgartira olmaydi, tezlikning faqat yo'nalishigina o'zgaradi. Shunday qilib, bir jinsli magnit maydonda (V=const) magnit maydonga perpendikulyar harakatlanayotgan zaryadlangan zarra traektoriyasi aylanadan iborat bo'ladi. Amalda biz, odatda, alohida zaryadlar bilan emas, balki juda ko'p sonli zarralar oqimi bilan ish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 130 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 130 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga