Mexanik ish va quvvat. Energiya va uning saqlanish qonuni. Jismlarning absolyut elastik va noelastik urilishlar. Reja: 1. Kuch impulsi va jism impulsi. Reaktiv harakat Mexanik ish va quvvat. Potensial va kinetik energiya. Energiyaning saqlanish qonuni Jismlarning absolyut elastik va noelastik urlishlari. O'quvchi bilishi kerak: Impulsning saqlanish qonuni. Energiya, ish va quvvat. Mexanik energiya. Yopiq sistema, yopiq sistemaning impuls uchun saqlanish qonuni, reaktiv harakat, energiya, mexanik ish, ishning birligi, quvvat, quvvat birligi, mexanik energiya, potensial energiya, energiyaning qanday birlikda o'lchanilishi. Energiyaning saqlanish qonuni. Jismlarning absolyut elastik va noelastik urilishlar. Mavzuning maqsadi: O'quvchiolarga mexanik ish va quvvat. Energiya va uning saqlanish qonuni. Jismlarning absolyut elastik va noelastik urilishlari haqida bilimlar berish. Mavzuning bayoni: 1. «Impuls» lotincha so'zidan kelib chiqqan bo'lib, lug'aviy ma'nosi «turtki» demakdir. Mexanikada bu atama bilan ikkita kattalik belgilanadi: kuch impulsi va jism impulsi. Jismlarning o'zaro ta'sir natijasi faqat kuchgagina emas, balki ularning o'zaro ta'sirlashish vaqtiga ham bog'liqdir. Bunga quyidagi tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Gorizontal oyna ustiga po'lat sharcha qo'yamiz. Sharchaning ustidan kuchli magnitli tez o'tkazamiz, sharcha joyidan salgina qo'zg'alganini sezamiz. Endi magnitni sharga ustidan sekinroq o'tkazib, tajribani takrorlaymiz. Bu holda sharcha harakatga keladi va magnit orqasidan ergashib harakatlanadi. Тajriba o'zaro ta'sir natijalari o'zaro ta'sir vaqtiga bog'liqligini ko'rsatadi. Shuning uchun fizikada kuch ta'sirini xarakterlash uchun maxsus kattalik-kuch impulsi kiritilgan. Kuchning biror vaqt oralig'idagi ta'sirining o'lchovi bo'lib hisoblanuvchi fizik vektor kattalikka kuch impulsi deb ataladi. Kuch impulsi kuchni uning ta'sir vaqtiga ko'paytmasi bilan o'lchanadi: I = Ft I =1N s Jism harakatini xarakterlash uchun faqat uning massasini yoki tezligini bilish yetarli emas. Shuning uchun mexanik harakatning o'lchovlaridan biri sifatida maxsus kattalik jism impulsi kiritilgan. Jism impulsi jism massasining uning harakatlanish tezligiga ko'paytmasi bilan o'lchanadi: P = m p = 1kg 1ms =1 kgms Kuch impulsi va jism impulsi orasidagi bog'lanishni ko'rib o'taylik. Faraz qilaylik, m massali jism 0 tezlik bilan harakatlansin. Keyin bu jism t vaqt davomida boshqa jism bilan F kuch bilan o'zaro ta'sirlashsin. Bu o'zaro ta'sir jarayonida jism quyidagi tezlanish bilan harakatlansin: Biroq Nyutonning ikkinchi qonuni bo'yicha a= a = = yoki Ft = m - m0 Ft - kuch impulsi m0 - jismning o'zaro ta'sirlashguncha impulsi m - o'zaro ta'sirdan keyingi impulsi. m - m0 - O'zaro ta'sir natijasida jism impulsining o'zgarishi. Impulsning saqlanish qonuni izolyatsiyalangan sistemalar uchun ta'riflanadi. Faqat bir-birlari bilan o'zaro ta'sirlashuvi va bu sistemaga kirmaydigan boshqa jismlar bilan o'zaro ta'sirlashmaydigan jismlar sistemasiga izolyatsiyalangan yoki yopiq sistema deyiladi. Faraz qilaylik, izolyatsiyalangan sistema boshlang'ich paytda tanlangan ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
119.36 KB
Ko'rishlar soni
344 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
119.36 KB
Ko'rishlar soni
344 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:46 ]
Arxiv ichida: doc