Moddiy nuqta kinematikasining elementlari

Moddiy nuqta kinematikasining elementlari

O'quvchilarga / Fizika
Moddiy nuqta kinematikasining elementlari - rasmi

Material tavsifi

Moddiy nuqta kinematikasining elementlari. Mexanik harakatni shartli ravishda ikkiga bo'lib urganiladi: birinchi kismi - kinematikada jismlar harakati geometrik nuqtai nazardan, yani harakatni vujudga keltiruvchi sababga boglamay tekshiriladi. Biror moddiy nuqtaning harakatini kuzataylik. Kuzatish boshlanganda moddiy nuqta fazoning A nuqtasida joylashgan bulsin. A nuqtaning fazodagi o'rni (vaziyati) ni r radius-vektor orqali ifodalaylik. ∆t vaqtdan sung moddiy nuqta harakatlanib fazoning V nuqtasiga kelib koladi. Moddiy nuqtaning bu vaziyati r radius-vektor orqali ifodalanadi. U holda moddiy nuqtaning oxirgi va boshlang'ich vaziyatlarini ifodalovchi radius-vektorlar ayirmasi, yani A va V nuqtalarni birlashtiruvchi A dan V tomon yunalgan -rasm vektor moddiy nuqtaning kuchishi deb ataladi. Moddiy nuqta A dan V ga etib kelguncha bir kator oralik vaziyatlardan utadi. Bu vaziyatlarni ifodalovchi nuqtalar ∆s egri chiziqni tashkil etadi. Bu egri chiziq moddiy nuqtaning traektoriyasi deb, egri chiziq uzunligi esa moddiy nuqtaning bosib utgan yo'li deb ataladi. Moddiy nuqtaning harakatlanish jarayonida uning fazodagi vaziyati vaqt utishi bilan uzgaradi. Bu o'zgarish qanday jadallik bilan sodir bulayotganini xarakterlash uchun tezlik tushunchasidan foydalaniladi. Xususan, ∆t vaqt davomidagi moddiy nuqtaning kuchishi ∆r bulsa, kattalikni o'rtacha tezlik deb ataladi. ∆t vaqtni cheksiz kichraytirilganda ifoda intiladigan limitni moddiy nuqtaning oniy tezligi deb ataladi, yani Elementar yul uchun mos ravishda dr va ds belgilashlar kiritsak, deb yoza olamiz. Moddiy nuqtaning tezligi vektor kattalik bo'lib, u kuchish vektoridan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila tarzida, moduli esa yuldan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila tarzida xam aniklanishi mumkin, yani Tezlikning SI dagi o'lchov birligi - metr taksim sekund (ms): . Tezlikning ulchamligi - LT-1. Agar moddiy nuqta tezligi vaqt utishi bilan uzgarmasa (|V|= const), tekis harakat amalga oshayotgan bo'ladi. Tezlik vaqt utishi bilan uzgarsa (|V| = const) moddiy nuqta uzgaruvchan harakat qilayotgan bo'ladi. Tezlik o'zgarishini xarakterlash uchun tezlanish deb ataluvchi kattalikdan foydalaniladi. Moddiy nuqtaning tezligi ifoda bilan aniklanadi. Demak, tezlanish - moddiy nuqta tezligining birlik vaqt davomidagi o'zgarishinixarakterlaydigan vektor kattalik bo'lib, u tezlik vektoridan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila yoki kuchish vektoridan vaqt bo'yicha olingan ikkinchi tartibli hosila tarzida ifodalanadi. Tezlanishning SI dagi o'lchov birligi - metr taksim sekund kvadrat (ms2): [a]== Tezlanishning ulchamligi - LT-2. Tekis uzgaruvchan, harakat qilayotgan moddiy nuqtaning ixtiyoriy t vaqtdagi tezligi va bosib utgan yo'li mos ravishda va ifodalar yordamida topiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.88 KB
Ko'rishlar soni 396 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.88 KB
Ko'rishlar soni 396 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga