Molekulyar fizika va тermodinamika asoslari

Molekulyar fizika va тermodinamika asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Molekulyar fizika va тermodinamika asoslari - rasmi

Material tavsifi

Dinamika asoslari Reja: 1. Impuls momentining saqlanish qonuni: 2. Kuch momentining saqlanish qonuni: 3. Muvozanat vaziyatdan chiqarilgan va taxqi kuchlar Inertsiya qonuni haqidagi fikr XUII asrning boshlarida mashhur italyan fizigi G.Galiley tomonidan aytilgan bo'lib, u Yerga tortilishi, havoning ishqalanishi va qarshiligi kabi turli ta'sirlardan ozod bo'lgan jism ideal hollarda o'zgarmas tezlik bilan abadiy harakat qilishi kerak, degan to'g'ri xulosaga keldi. fransuz fizigi va matematigi Rene Dekart bu xulosani rivojlantirib, erkin jism o'zining to'g'ri chiziqli harakatini davom ettirishga intiladi, deb o'qtiradi. Nyuton o'zidan oldin o'tgan olimlarning xulosalariga hamda o'zining kuzatishlari va tajribalari natijasiga asoslanib, inertsiya qonuni dinamikaning I qonuni sifatida qabul qildi va uni quyidagicha ta'rifladi: Agar biror jismga boshqa jismlar yoki tashqi kuch ta'sir etmasa, u o'zining nisbiy tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi. Nyutonning I qonunini matematik nuqtai nazardan quyidagicha yozish mumkin: bo'lsa, yoki bo'ladi. Jismlar o'zining tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash qobiliyatiga inertsiya (lotincha qotib qolishlik,harakatsizlik demakdir) deyiladi. Shuning uchun Nyutonning I qonuni inertsiya qonuni deb ham yuritiladi. Nyutonning I qonununi har qanday sanoq sistemasida ham bajarilavermaydi. Nyutonning I qonuni bajariladigan sanoq sistemasiga inertsial sanoq sistemasi deyilib, bajarilmaydigan sanoq sistemasiga noinertsial sanoq sistemasi deb ataladi. Tekshirishlardan malum bo'lganki, quyoshda markazlashgan, o'qlari esa mos ravishda yulduzlar tomon yo'nalgan sanoq sistemasi birdan-bir inertsial sanoq sistema bo'lar ekan.Shuning uchun ham bu sanoq sistemasiga geliotsentrik (Quyoshda markazlashgan) sanoq sistemasi deyiladi. Geliotsentrik sistemaga nisbatan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanuvchi har qanday sanoq sistemasi inertsial sanoq sistemasi bo'la oladi. Kuch () deb, jismlarga tezlanish bera oladigan yoki ularni deformatsiyalaydigan fizik kattalikka aytiladi. Tajribalardan malumki, kuch bir jismning boshqa jismlarga ta'sirini miqdor jihatdan xarakterlovchi fizik kattalikdir. Kuch ta'sirida jismning olgan tezlanishi qo'yilgan kuchga to'g'ri proportsionaldir: Bu proportsiyalardan quyidagilarni yozish mumkin: Bundan ko'rinadiki, jismga ta'sir qilayotgan kuchning mos ravishda jismning olgan tezlanishiga bo'lgan nisbati o'zgarmas kattalikdir. nisbat jismning inertlik o'lchovi bo'lib, u massa (m) deb ataladi. Demak, jismning massasi deb, uning inertlik o'lchovidan iborat bo'lgan fizik kattalikka aytiladi. Nyuton jismga qo'yilgan kuch bilan uning olgan tezlanishi va massasi orasidagi bog'lanishni aniqlash uchun gorizontal tekis sirtdagi aravachaning kuch ta'siridagi harakatini tekshirib, quyidagi xulosaga keldi: 1) ~ 2) ~ Bu xulosalarga asoslangan Nyuton II qonunni quyidagicha ta'riflanadi: Kuch ta'sirida jismning olgan tezlanishi kuchga to'g'ri proportsional bo'lib, massasiga teskari proportsionaldir, yani: yoki Bu ifoda ham Nyutonning II qonuni ifodasi bo'lib, u quyidagicha ta'riflanadi: Jismga ta'sir qiluvchi kuch jism massasining uning olgan tezlanishiga kupaytmasiga teng. Klassik mexanikada tezliklarni qo'shishning matematik ifodasi quyidagicha: bu Ushbu qonunning ta'rifi: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 33.22 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:05 Arxiv ichida: pptx, pdf
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 33.22 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, pdf
Tepaga