Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Ideal gaz va uning parametrlari. Reja: Molekulalarning xarakteristikalari. Molekulalarning kattaliklari. Ideal gaz va uning parametrlari. O'quvchi bilishi kerak: Molekulalarning xarakteristikalari. Molekulalarning kattaligi. Ideal gaz va uning parametrlari. Molekulalarning o'lchamlari, molekulalarning massasi, modda miqdori, Avogadro qonuni, Ideal gaz, gaz parametrlari, Dalton qonuni, temperatura, temperaturani o'lchash, absolyut nol temperatura. Mavzuning maqsadi: O'quvchilarga molekulalarning xarakteristikalari.Molekulalarning kattaliklari. Ideal gaz va uning parametrlari haqida bilimlar berish. Mavzuning bayoni: 1. Molekulyar fizika - har xil agregat holatdagi moddalarning xususiyatlarini ularning molekulyar tuzilishi asosida tekshiradigan fizikaning bo'limi. Bunda molekulyar o'zaro ta'sir kuchi va molekulalarning issiqlik harakati hisobga olinadi. Moddalar uzluksiz xaotik (tartibsiz) harakatda bo'lgan atom va molekulalardan tuzilgan degan fikrga asoslangan modda tuzilishning nazariyasiga molekulyar kinetik nazariya deyiladi. Bu nazariyaning asosiy qonuniyatlari quyidagilar: 1.Barcha moddalar tarkibida eng kichik elementar zarrachalar bo'lgan turli molekula, atom va ionlardan tashkil topgan. 2.Atom, molekula va ionlar doim uzluksiz xaotik harakatda bo'ladi. 3.Hamma zarralar orasida o'zaro tortishish va itarish kuchlari mavjud. 18 asrda M.V.Lomonosov modda tuzilishi Molekulyar - kinetik nazariyasini asoslarini bayon qilib berdi va tajribada tasdiqladi. Molekulaning o'lchamlari juda kichik bo'lgani uchun ularni oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin emas. Eng katta molekulalar elektron mikroskop yordamida suratga olingan. Eng nozik tajribalarning ko'rsatishicha ikki atomli kislorod molekulasining chiziqli kattaligi atrofida. Umuman molekulalarning chiziqli kattaligi bo'ladi. Shuni ta'kidlash lozimki molekula o'z navbatida atomlardan tashkil topadi. Atomlar esa yadro va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iborat bo'ladi. 2. Molekulaning massasi. Alohida molekulalarning massalari juda kichik bo'lib, maxsus-asbob massa-spektrometrlar yordamida aniqlanadi. Masalan suv molekulasining massasi kg atrofida. Shuning uchun ham fizikada, molekulalar massalarining absolyut qiymatlari bilan emas, balki o'lchamsiz nisbiy kattaligi bilan ish ko'riladi. Chunki bu hisob-kitobni ancha osonlashtiriladi. xalqaro kelishuvlarga asosan etalon, ya'ni birlik atom massasi mo sifatida uglerod 12S izotopi (atomar) massasining 112 qismi qabul qilingan. Istalgan molekulaning nisbiy massasi Mo ni aniqlash uchun molekula massasining absolyut qiymati mmol ni birlik atom massasi mo ga bo'lish kerak Xuddi shuningdek nisbiy atom massasi Ao ni aniqlash uchun esa atom massasining absolyut qiymati mam ni birlik atom massasi mo ga bo'lish kerak. Modda miqdori. Moddalar ulkan miqdordagi molekulalardan tashkil topganligini, va o'z navbatida turli moddalar molekulalari massalarining teng emasligi ularni solishtirishda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Aynan shu qiyinchilikni engish maqsadida tarkibida bir xil NA ta molekula bo'lgan modda miqdori tushunchasi kiritiladi. Modda miqdori-moddadagi molekulalar sonining 0,012 kg ugleroddagi molekulalar soni NA ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikdir. Modda miqdori ν harfi bilan belgilanadi. Uning SI dagi birligi [ν]q1 mol. Mol-0,012 kg uglerodda qancha molekulalar bo'lsa, shuncha ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.71 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.71 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:52 ]
Arxiv ichida: doc