Nyutonning birinchi qonuni. Inersial sanoq sistemasi. Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonunlari. Tabiatdagi kuchlar
Fizika matematika fani o'qituvchisi Muxtorov Akbarjon Asqarjon o'g'li 2-Ma'ruza: Nyutonning birinchi qonuni. Inersiyal sanoq sistemasi. Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonunlari. Tabiatdagi kuchlar. Reja. 1. Dinamikaning asosiy qonunlari. 2. Jism impulsi. Impulsning saqlanish qonuni. 3. Тabiatdagi o'zaro ta'sirning turlari. Og'irlik kuchi , Elastiklik kuchi, Ishqalanish kuchi. Тayanch so'z va iboralar. dinamika, Nyuton qonunlari, inersial sanoq tizimi, impuls, kuch impulsi. ichki kuch, tashqi kuch, gravitatsion, elektromagnit, yadroviy, deformatsiya, elastik, Yung moduli, dissipativ, dumalanish, sirpanish, tinch holat. konservativ kuch, nokonservativ kuch. 1.Dinamikaning asosiy qonunlari. . Mexanikaning dinamika qismida moddiy nuqta yoki jismlarning harakatini bu harakatni yuzaga keltiruvchi sabablar (moddiy nuqta yoki jismlar orasidagi o'zaro ta'sirlar) bilan bog'langan holda o'rganiladi. Nyutonning birinchi qonuni: Biror jismga berilayotgan boshqa jismlarning ta'sirlari o'zaro muvozanatlashsa jismning harakat holati o'zgarmaydi. Jismlarning o'z harakat holatini saqlash xususiyatiga inersiya deyiladi. Ikki fizik kattalik bilan tanishaylik. Kuch-F. Kuch deb jismlarning o'zaro ta'sirlarini ifodalovchi kattalikka aytiladi. Massa- m. Jismlarni inersiyasini o'lchash uchun massa degan kattalik kiritiladi. Nyutonning ikkinchi qonuni: jism tezligining o'zgarishi (t) shu jismga ta'sir etuvchi kuchga to'g'ri proporsional bo'lib uning massasiga teskari proporsionaldir, ya'ni F SI tizimida m=1kg, a=1ms2 t m U holda F= ma=1kg·1ms2=1 Nyuton =1N Massasi 1kg bo'lgan jismga 1ms2 tezlanish bera oladigan kuchni 1 Nyuton deb qabul qilingan. 2.Jism impulsi. Impulsning saqlanish qonuni. Agar bir nechta jism o'zaro ta'sirlashayotganda ularga tashqaridan kuch ta'sir qilmasa bu jismlar tizimi yopiq tizim deyiladi. Massasi m bo'lgan moddiy nuqta harakatlanib dt vaqtda tezligini d ga o'zgartirgan bo'lsin. U holda Nyutonning II-qonuniga asosan d dt = Fm (1) Bundan m·d = F · dt yoki d(m)= F · dt (2) Bu yerda m· =p - tezlik bilan harakatlanayotgan m massali moddiy nuqta impulsi. Demak impuls mexanik harakat o'lchovidir. F · t-kuch impulsi, d (m)=dp- impulsni o'zgarishi Demak (2) ifodadan dp= Fdt (3) ya'ni jism impulsining o'zgarishi kuch impulsiga teng. (3)dan dpdt=F Faraz qilaylik bizga 2 ta jismdan iborat yopiq tizim berilgan bo'lsin. Massalari m va m bo'lgan bu jismlarning 1 2 tezliklari va , demak impulslari mos ravishda p va p 1 2 1 2 bo'lsin. Jismlar o'zaro ta'sirlashgandan keyin tezliklari 11 va bo'lgan bo'lsin 21 dp dp 1 2 dp dp 0 1 2 d ( p p ) 0 1 2 p ...