NAZARIY MEXANIKA fanidan masalalar yechish bo'yicha uslubiy qo'llanma (kinematika bo'limi bo'yicha) Qo'lingizdagi ushbu Nazariy mexanika fanidan masalalar yechish bo'yicha yozilgan uslubiy qo'llanma, bakalavr talabalari uchun rejalashtirilgan bo'lib, Nazariy mexanika fanidan masalalar yechish bo'yicha Davlat ta'lim Standarti va o'quv dasturiga muvofiq (kinematika bo'limi bo'yicha) amaliy mashg'ulot mavzularini o'z ichiga olgan. Unda Nazariy mexanika fanidan masalalar yechish ning bakalaviriyatlar uchun zaruriy bo'lgan, hozirgi zamon talablariga javob beradigan, shuningdek, bu yo'nalishdagi o'zgarishlar va bu fan qamrab olgan ayrim masalalarni yechish atroflicha yoritib berilgan. Kinematika bo'limiga oid barcha amaliy mashg'ulotlar mavzulari bo'yicha, zaruriy formulalar va iboralar alohida qayd etilgan. Bu esa, o'z navbatida, amaliy mashg'ulotlarda yanada samarali foydalanish imkonini yaratadi. Tuzuvchilar: f.m.f.n. dost. Toshov B.R f.m.f.n. kat. o'q. Mangliyeva J.X аss. Eshboyeva Z.N Navoiy davlat konchilik instituti o'quv-uslubiy Kengashi qaroriga asosan bosildi. Taqrizchilar: f.m.f.n. dost. Ahmedov A. NDPI Kat.o'q. Nahangov H. NDKI Mundarija Kirish4 1-mavzu. Nuqta kinematikasini aniqlashga doir masalalar yechish…….5 2- mavzu. Qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakatiga doir masalalar yechish.32…… 3-mavzu. Qattiq jismning tekis parallel harakatiga doir masalalar yechish……44 4-mavzu. Nuqtaning murakkab harakatiga doir masalalar yechish ……67 Adabiyoylar83 Kirish Mexanikaning kinematika bo'limida jismlarning harakati bu harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarni nazarda tutilmay, faqat geometrik nuqtai Nazariy nazardan tekshiriladi. Kinematika so'zi grekcha «kinema» so'zidan olingan bo'lib, harakat degan ma'noni anglatadi. Kinematikada harakatning aniqlanish usullari, harakatni kinematik xarakterlaydigan kattaliklar (trayektoriya, tezlik va tezlanishlar) aniqlanadi. Jismning harakatini kinematik usulda aniqlash texnikada turli mashina va mexanizmlar qismlarining harakatini o'rganish uchun nazariy baza bo'lib xizmat qiladi Materiya doimo harakatda bo'lganidan, uni vaqt va fazodan ajratib tasvirlab bo'lmaydi. Olamda harakat qiluvchi materiyadan boshqa hech narsa yo'qdir, harakat qiluvchi materiya esa fazo va vaqtda harakat qiladi. Ta'rifga ko'ra harakat materiyaning ajralmas asosiy xossasidir. Tabiat to'g'risidagi fanlardan biri bo'lgan nazariy mexanikani o'rganish dunyoga mantiqiy nuqtai nazardan qarash va to'g'ri uslublar asosida fikr yurgizishga yordam beradi. Nazariy mexanikada jismlar harakatining eng sodda shakli - mexanik harakat tekshiriladi. Vaqtning o'tishi bilan moddiy jismlarning fazoda bir-biriga nisbatan ko'chishiga mexanik harakat deyiladi. Kinematikada jismlarning harakati boshqa biror jism bilan bog'langan, koordinata sistemasiga nisbatan tekshiriladi. Kinematikada matematik nuqtai nazardan qaraganda, vaqtni erkin o'zgaruvchi (argument) sifatida qaraladi va t bilan belgilanadi. Texnika masalalarini yechishda vaqtning o'lchov birligi 1 sekund deb qabul qilingan. Kinematikada uchraydigan chiziqli o'lchovlarni (harakatdagi nuqtaning koordinatalari, o'tgan yo'lning uzunligi va h.k) xuddi texnik va xalqaro SI birliklar sistemasida, metrlarda o'lchanadi. Qattiq jism harakatini kuzatar ekanmiz, ko'pincha uning turli nuqtalari turlicha harakatlanishini ko'ramiz. Masalan: to'g'ri rels bo'yicha harakatlanayotgan vagon g'ildiragining harakatini olsak, g'ildirakning markazi to'g'ri ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
893.48 KB
Ko'rishlar soni
1258 marta
Ko'chirishlar soni
350 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
893.48 KB
Ko'rishlar soni
1258 marta
Ko'chirishlar soni
350 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:54 ]
Arxiv ichida: doc