Arximed qonuni va uning qo'llanilishi

Arximed qonuni va uning qo'llanilishi

O'quvchilarga / Fizika
Arximed qonuni va uning qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Arximed qonuni va uning qo'llanilishi mavzuning texnologik xaritasi Maqsad va vazifalari: Ta'limiy: Arximed qonuni va undan foydalanishni o'quvchilarga o'rgatish. Tarbiyaviy: Tasoduflarga ishonch ruhida tarbiyalash. Bolalarni suvni tejash, ifloslamaslik ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Dars materiallari va jihoz1ari : Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.Fizika fanini o'qitishda o'quvchilarga suvga oid tushunchalarni shakllantirish.(O'qituvchilar uchun qo'llanma.) E. Turdiqulov. M. Musayeva. Toshkent-2007 . O'quv filmi Arximed qonuni va uning qo'llanishi 13 minut.Namoyish-tajriba uchun kerakli jihozlar . Doska, bo'r. Ko'rsatiladigan tajribalar: Arximed qonunini namoyish etuvchi tajriba ( Darslik 38-,39 -rasmlar). Asosiy tushuncha va atamalar: ko'taruvchi kuch; suyuqlik ichidagi bosim; Arximed qonuni; Jismlarning suzish shartlari; kemalar, havo sharlari.neft tashiydigan tankerlar. Darsniug blok-chizmasi Darsning mazmuni: Arximed qonunini o'quvchilarga o'rgatishda ikkita yo'ldan borish mumkin. Tajribalar o'tkazish va natijalariga ko'ra qonunni chiqarish. Ikkinchi yo'lda nazariy ravishda qonunni chiqarish, so'ngra tajribada tasdig'ni ko'rish. Ikkmchi yo'l o'quvchilar uchun qiyinroq. Shu sababli o'rta yo'lni tanlagan ma'qul: qisman tajriba ko'rsatib, nazariy yo'l bilan tushuntirish. Dars boshida suyuqlikning idish tubiga bergan bosimi takrorlanadi. Shundan so'ng Arximed va toj haqidagi afsona eslanib, uning oldiga qo'yilgan vazifani o'quvchilarga beriladi. Shunda suyuqlikda cho'kadigan birorta jismni dinamometrga ilib, og'irligi o'lchanadi. So'ngra jismni suvga tushirib, yana dinamometr ko'rsatishu yozib olinadi. Bu tajribalar darslikda keltirilgan. Shu tariqa har tajribadan so'ng o'quvchilarga savollar berib, javoblari olinadi. Ko'taruvchi kuchning hajmga bog'liqligini ko'rsatish uchun iloji bo'lsa bir xil og'irlikda, lekin turli hajmda bo'lgan jismlar bilan tajriba o'tkaziladi. Arximed qonunini namoyish qilib ko'rsatish Kerakli asboblar: 1) Arximed chelagi ; 2) Universal shtativ ; 3) Polipropilendan yasalgan idishlar; 4) Taglik. Temir ramaga mahkamlangan prujina uchiga disk ko'rinishidagi ko'rsatgich ulangan. Uning holatiga qarab prujinaning cho'zilishi kuzatiladi. Uning u yoki bu holatini belgilash uchun suriluvchi strelkani ko'rsatgich ro'parasiga qo'yiladi. Tajribani namoyish qilish tartibi: 1) Dastlab chelakchaning sig'imi,silindrik jismning hajmiga aynan teng ekanligi ko'rsatiladi, buning uchun 1-2 marta jismni chelakcha ichiga tushirib ko'rsatiladi. Orasida hech qanday tirqish yo'qligi va idish hajmini to'laligicha egallashiga e'tibor qaratiladi. Dinamometrni shtativning tutqichiga mahkamlanadi va unga chelakchani va silindrik jismni osib qo'yiladi (a-rasm ). Bunda dinamometrning ko'rsatishi disk-ko'rsatgich orqali belgilab olinadi. 2) So'ngra silindrik jism ostiga suvli idish qo'yilib jism suvga to'la botadigan holga keltiriladi. Idish ostiga taglik qo'yiladi ( b-rasm). a) b) v) Bunda disk-ko'rsatgich yuqoriga ko'tariladi. Shunda o'quvchilarga suyuqlik tomonidan jimni yuqoriga itaruvchi kuch chelak va jismga qo'yiladigan qo'shimcha yuk og'irligiga teng bo'lishi aytiladi. 3) Yuqoriga itaruvchi kuch kattaligini aniqlash uchun ikkinchi suvli stakanni olib, undagi suvni sekin-asta chelakchaga quyiladi ( v-rasm). Jism va chelakcha pastga tusha borib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 240.93 KB
Ko'rishlar soni 515 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 240.93 KB
Ko'rishlar soni 515 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga