O'lchash vositalari, ularning turlari va asosiy metrologik xarakteristikalari O'lchash vositalari standartlashtirilmagan, standartlashtirilgan, avtomatik, avtomatlashtirilgan va intellektual o'lchash vositalariga bo'linadi. Standartlashtirilmagan o'lchash vositasiga texnikaviy yoki metrologik xossalari davlat standarti talablariga muvofiq bo'lmagan o'lchash vositalari kiradi. Bunday vositalar ishlab chiqarishning ichki ehtiyojlarida qo'llanilishi mumkin. Standartlashtirilgan vositalar Davlat standart talablariga muvofiq bo'ladi. Avtomatik o'lchash vositasi bevosita o'lchash hamda o'lchash natijalarini hisoblash, qayd qilish, uzatish va boshqaruvchi signallarini ishlab chiqarish bilan bog'liq barcha ishlarni avtomatik tarzda o'zi bajaradigan intellektual o'lchash vositasi bo'lib, xotiraga ega bo'ladi va o'lchash vaqtida berilgan dastur bo'yicha tanlashni, o'lchash natijalariga ishlov berishni, ularni baholashni, shuningdek, boshqa vazifalarni mustaqil ravishda avtomatik tarzda bajaradi. Ma'lumotlar belgilanishiga ko'ra o'lchash vositalari quyidagicha klassifikatsiyalanishi mumkin: 1) shkalali o'lchash vositalari; 2) raqamli o'lchash vositalari; 3) o'ziyozar o'lchash vositalari. O'lchash vositalarining barcha ekspluatatsion xossalari ularning metrologik xarakteristikalari deb ataladi. Bu xarakteristikalar O'zRSТ 8.009-94 da keltirilgan bo'lib, o'lchash vositalarini tanlashda o'ta zarur omillardan hisoblanadi. Shuning uchun ham quyida amalda keng qo'llanuvchi boshqa metrologik xarakteristikalarni ko'rib chiqamiz. Xatolik. Xatolik o'lchashning asosiy xarakteristikalaridan hisoblanadi. ГОСТ (Davlat standarti) 1626-3-70 ga ko'ra o'lchash xatoligi o'lchash natijalarining o'lchanayotgan kattaliklarining haqiqiy qiymatlaridan og'ishidir. O'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati uchun namunaviy o'lchash vositalari yordamida aniqlash mumkin bo'lgan qiymat qabul qilinadi. Ba'zan o'lchash vositalari xatoliklarini nolga yaqin ekanligini ko'rsatuvchi va ularning sifatini aks ettiruvchi o'lchash vositalarining aniqligi tushunchasi qo'llaniladi. O'lchash vositalarining xatoligi ifodalanish usuliga ko'ra absolut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarga bo'linadi. O'lchanayotgan kattalikning o'lchash asbobida o'lchangan qiymati xo'l bilan shu kattalikning namuna asbob yordamida aniqlangan haqiqiy qiymati xh orasidagi farq o'lchash asbobining absolut xatoligi deb ataladi va quyida-gicha hisoblanadi: O'lchash asbobining absolut xatoligi o'lchanayotgan kattalik birligida ifodalanadi. Absolut xatolikning teskari ishorasi bilan olingan qiymati tuzatma deb ataladi. Absolut xatolik o'lchash aniqligini yetarli darajada baholay olmaydi. Haqiqatan ham absolut xatolikka ega bo'lgan va li ampermetrlar har xil aniqliklarga ega. O'lchash aniqligi to'g'risida to'laroq ma'lumotni nisbiy xatolik tushunchasi beradi. Absolut xatolikni o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati ga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi va harfi bilan belgilanadi: . Ammo nisbiy xatolik o'lchash asboblari aniqligini o'lchash diapazonining faqat berilgan nuqtasidagina baholaydi. O'lchash asbobining butun ishchi diapazoni bo'yicha aniqligini baholash uchun esa keltirilgan xatolik tushunchasidan foydalaniladi. Keltirilgan xatolik harfi bilan belgilanadi va absolut xatolikni o'lchanayotgan kattalikning normallashtirilgan qiymati xn ga nisbati bilan aniqlanadi: O'lchash asbobining normallashtirilgan qiymati deganda uning ishchi diapazonidagi yoki shkalasidagi eng katta qiymati tushuniladi. Masalan, voltmetrlarning o'lchash chegarasi 0 - 50 V bo'lsa, bunday voltmetr uchun xn = 50 V ga teng, bordiyu boshqa bir voltmetrning o'lchash chega-rasi ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
67.18 KB
Ko'rishlar soni
512 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
67.18 KB
Ko'rishlar soni
512 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:01 ]
Arxiv ichida: docx