Butun olam tortishish qonuni

Butun olam tortishish qonuni

O'quvchilarga / Fizika
Butun olam tortishish qonuni - rasmi

Material tavsifi

Og'irlik kuchi. Gravitatsion maydon. Butun olam tortishish qonuni

7-sinf fizika darsligi asosida 26-mavzu: Oy va boshqa sayyoralar aylana bo'ylab deyarli doimiy tezlikda harakat qiladi. Har qanday jism aylanma harakat qilishi uchun unga doimiy kuch ta'sir etib turishi kerak. Agar sayyoralarga bunday kuch ta'sir etmasa, ular to'g'ri chiziqli tekis harakat qilishgan bo'lar edi. Endi dinamika qonunlarini qo'llab, Oyning Yer atrofida aylanishini ko'rib chiqaylik. Oy faqat doimiy kuch ta'siridagina aylanma harakat qiladi. Bu kuch Yer tortish kuchi bo'lib, u Nyutonning II qonuniga asosan: |F| = m|a| formula bilan aniqlanadi, ya'ni Oy massasi m qancha katta bo'lsa, tortishish kuchi ham shuncha katta bo'ladi: |F| ~ m. Nyutonning II qonunidagi aks ta'sirga ko'ra, Oy ham Yerni shunday kuch bilan tortadi: |F| = M|a|, ya'ni Yer massasi M qancha katta bo'lsa, tortishish kuchi ham shuncha katta bo'ladi: |F| ~ M Agar tortishish kuchi F ham jism massasi m ga, ham Yer massasi M ga proporsional bo'lsa, demak, bu kuch ularning ko'paytmasiga ham proporsionaldir: Shu bilan birga, Yer markazidan Yer yuzigacha bo'lgan masofa Yer markazidan Oygacha bo'lgan masofadan 60 marta kichik. Jismning Yer ustidagi markazga intilma kuchi esa Oyning orbita bo'yicha harakatidagi markazga intilma kuchidan 3600 marta katta, ya'ni: bunda G - proporsionallik koeffitsiyenti. Nyuton tortishish kuchining bunday tabiati faqat Yer bilan Oy orasidagi tortishishgagina emas, balki Quyosh bilan Yer (88-rasm), boshqa sayyoralar bilan Quyosh, atrofimizdagi jismlar bilan Yer orasidagi tortishishga ham tegishli ekanligini kashf etdi. Uning xulosasiga asosan, olamdagi jismlarning o'zaro tortishish kuchi quyidagicha aniqlanadi: bunda m1, m2 - ta'sirlashishayotgan jismlar massalari, r - ular orasidagi masofa (massalar markazidan o'lchanadi), G - proporsionallik koeffitsiyenti bo'lib, u gravitatsiya doimiylik deb ataladi. (4) formulada F gravitatsiya tortish kuchini ifodalaydi. Bu qonun olamdagi barcha jismlar o'rtasidagi o'zaro tortishish kuchini ifodalagani uchun, u Butun olam tortishish qonuni deb ataladi. Bu qonun quyidagicha ta'riflanadi: Ikki jismning o'zaro tortishish kuchi ularning massalari ko'paytmasiga to'g'ri proporsional va ular orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsionaldir. Agar o'zaro ta'sirlashuvchi jismlar massasi m1 = m2 = 1 kg va ular orasidagi masofa r = 1 m bo'lsa, (4) formulada F kuchning son qiymati G ga teng: gravitatsiya doimiysi son jihatdan har birining massasi 1 kg va oralaridagi masofa 1 m bo'lgan ikki jism orasidagi tortishish kuchiga teng. 1798-yilda ingliz olimi Genri Kavendish uning son qiymati quyidagiga tengligini aniqladi: Butun olam tortishish qonuni ta'sirlashayotgan jismlar o'lchamlari ular orasidagi masofadan juda kichik bo'lgan hollarda, ya'ni moddiy nuqtalar uchun aniq bajariladi. Shar shaklidagi jismlar uchun ular orasidagi masofa sharlar markazidan o'lchansa, jismlar orasidagi har qanday masofada ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.33 KB
Ko'rishlar soni 575 marta
Ko'chirishlar soni 61 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.33 KB
Ko'rishlar soni 575 marta
Ko'chirishlar soni 61 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga