QATTIQ JISMLARNING XOSSALARI Mavzy: Qattiq jismlarning tuzilishi. Amorf va kristall jismlar. Qattiq jismlarning mexanik xossalari. R e j a . 1. Kristall jismlar . 2. Amorf jismlar. 3. Fazoviy panjaralar. 4. Qattiq jismlarning deformasiyasi. 5. Elastiklik va plastiklik . 6. Deformasiya turlari . O'tgan mavzuni so'rash. 1.Bug'lanish deb nimaga aytiladi? 2.Suyuqlikning buglanish tezligi nimalarga bog'liq? 3.Kondensatsiyalanish jarayoni bug'lanish jarayoninga nisbatan ustunlik qilsa suyuqlik soviydimi yoki isiydi 4. Dinamik muvozanat deb nimaga aytiladi? 5. Qanday bug'ga to'yingan bug' deyiladi? 6. Qaynash deb qanday jarayonga aytiladi? 7. Suyqlikning qaynash temperaturasini oshirish mum- kinmi? 8. Kritik harorat deb nimaga aytiladi? 9. Havoning namligi nima? 10.Havoning namligi qanday asboblar bilan o'lchanadi? Kirish. Uzoq vaqtlargacha fizikada eng qiziqarli narsa - bu mikrodunyo va makrokosmosni tadqiq qilishdan iborat deb hisoblanardi. Aynan shu sohalarda bizni qurshagan dunyoning tuzilishini izohlashga oid eng muhim savollarga javob topishga harakat qilinardi. Lekin mikrodunyo va makrokosmosni tadqiq qilish uchun ishlatiladigan qurilmalar qattiq jismlardan iborat Shuning uchun qattiq jismlarni o'rganishga kirishildi. Qattiq jismlarni o'rganishning muhimligi nimada? Qattiq jismlar - bular metallar va dielektriklar bo'lib , ularsiz elektrotexnikani tasavvur qilib bo'lmaydi.Bular hozirgi zamon elektronikasi asosidagi yarim o'tkazgichlar, magnitlar, o'ta o'tkazgichlar va kundalik hayotimizda ishlatadigan materiallardir. Xullas ilmiy texnika taraqqiyoti ko'p jihatdan qattiq jismlardan foydalanishga asoslangan. Qattiq jismni o'zaro ta'sirlashuvchi behisob zarralar tashkil qiladi. Bu hol sistemada muayan tartibning vujudga kelishiga olib keladi hamda mikrozarralar kollektivining alohida xossalarini belgilaydi.Masalan, elektronlarning xossalari qattiq jismlarning elektr o'tkazuvchanligini belgilaydi,jismlarning issiqlik yutish qobiliyatlari-issiqlik sig'imi issiqlik harakatda atomlarning tebranishlari xarakteriga bog'liqdir. Qattiq jismlarning strukturasi xilma xildir.Shunga qaramay, ularni ikkita sinfga-kristallar va amorf jismlarga ajratish mumkin. 1.Kristall va amorf jismlar . Qattiq jismlar ikki xil bo'ladi: kristall va amorf jismlar. Jismlarning shu ikki xili fizik xossalari jihatdan bir biridan farq qiladi. Bir jinsli kristall jismning asosiy alomati uning fizik xossalarining: issiqlikdan kengayishi, issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi, mexanik mustahkamligi turli xil yo'nalishlarda har xil bo'lishidir. Kristallarning bu xossasi anizotropiya deyiladi. Gips va shisha plastinka olib ikkalasini ham paraffin bilan qoplaymiz va ularga qizdirilgan ninani uchini tekkizamiz . Nina plastinkaga tekkan nuqta atrofida paraffin eriydi. Bunda gipsda erigan parafin ellips , shisha plastinkada esa doira shaklida bo'ladi. Bu tajriba isitganda gips kristalida energiya shishadagidek hamma yo'nalishda bir xil tarqalmasdan , har xil yo'nalishda har xil tarqalishini ko'rsatadi. Kristalning muhim tashqi alomati uning muntazam shaklga ega bo'lishidir.Kristall jismlarga misol qilib metallar, osh tuzi , kvars , achiq tosh va boshqa kristallarni ko'rsatish mumkin. Agar jism bir kristalldan iborat bo'lsa, u monokristall deyiladi. Jism tartibsiz ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
670.47 KB
Ko'rishlar soni
391 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
670.47 KB
Ko'rishlar soni
391 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:05 ]
Arxiv ichida: docx