Qozon qurilmalari

Qozon qurilmalari

O'quvchilarga / Fizika
Qozon qurilmalari - rasmi

Material tavsifi

Qozon qurilmalari YOqilg'i yoqish hisobiga suv bug'i yoki issiq suv olinadigan qurilmalar va agregatlar majmuasi qozon qurilmalari deyiladi .Uning tarkibiga qozon agregati va yordamchi jixozlar (muri, ventilyator, chang tayyorlash qurilmalari, qul tutgich va uni chiqarib yuborish qurilmasi, ta'minlash nasoslari ) kiradi. Qozon agregati qozon qurilmasining asosiy qismi bo'lib, u bug' qozoni, o'choq, bug'latish, sirtlari, bug' o'taqizdirgich, suv ekonomayzeri va havo isitkichlaridan iborat. Qozon agregatiga karkas, obmurovka (tashqi devor) va qoplama, quvurlar, armaturalar, tekshirish va avtomatika asboblari ham kiradi. Qozon qurilmalari ishlatilishiga ko'ra quyidaglarga bo'linadi: energetikaviy qozon qurilmalari, bularda bug'dan olingan issiqlik energiyasining hammasi avval mexanikaviy, keyin esa elektr energiyasiyaga aylantirish uchun turbinaga beriladi: issiqlik-energetikaviy qozon qurilmalar, bularda issiqlik energiyasining kamroq qismi issiqlik tashuvchi tarzida iste'molchining ehtiyojlari uchun yuboriladi: issiqlikning asosiy qismi elektr energiyasi olishga sarflanadi. isitish qozon qurilmalari, bularda past bosimli suv yoki issiq suv hosil єilinib, uylarni va korxonalarni isitish, ventilyatsiyalash va issiq suv bilan ta'minlashda foydalaniladi. Bug' qozon agregatining ish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: yoqilg'ining yonishi; bug' gazlaridan suvga yoki bug'ga issiqlik uzatish; suvni qizdirish natijasida qaynashi, bug'lanishi va to'yingan bug'ning o'ta qizishi. Suv isitadigan qozon agregatining ish jarayoni boshdagi ikki bosqichdan iborat bo'ladi. 17.1 -rasmda bug' qozon qurilmasining printsipial sxemasi ko'rsatilgan. YOqilg'i gorelka 13 yordamida o'choq 17 ga beriladi. O'choqdan issiq yonish mahsulotlari bug' o'ta qizdirgich joylashgan gaz yo'liga o'tadi va ekonomayzer 5 hamda havoqizdirgich 11 joylashgan konvektiv shaxtaga o'tadi.Bug' gazlarni qozon agregatidan bug' so'rgich 7 so'rib, mo'ri 6 dan atmosferaga chiqarib tashlaydi. - rasm. 1-bug' qozoni: 2- bug' uzatkich quvuri: 3 - bug' o'ta qizdirgich kollektori: 4- bug' o'ta qizdirgich: 5 -ekonomayzer: 6- tutun quvur: 7-tutun so'rgich: 8- ta'minlash nasosi: 9- yonuvchi aralashmalar kanali: 10 - ventilyator:11 -havoqizdirgich: 12 -ekranlar kollektorlari: 13- gorelka: 14-tushirish quvurlari: 15-ekranlar: 16-obmurovka: 17-o'txona: 18-baraban. Ventilyator haydab bergan havo reko'perativ havo qizdirgich orqali o'tib, tutun gazlar issiqligi hisobiga isiydi va o'txona kamerasining gorelkasiga yo'naladi. Suv dastlab kimyoyaviy suv tozalagichda qattiq tuzlardan va deaeratorda aktiv (korroziya hosil qiladigan gazlar SO , O2 ,SO2 ) gazlardan tozalanib, ta'minlash nasosi 8 yordamida ekonomayzerga uzatiladi. ekonomayzerda suv tutun gazlar issiqligi hisobiga qizib, qozon barabani 18 ga tushadi. Barabanda ta'minlash suvi qozon suvi bilan aralashadi va tushirish quvurlari orqali pastki kollektor 12 ga kiradi. Undan ekranli bug'latgich quvurlari 15 ga o'tadi. Kollektor va bug'latgich quvurlari yuqori temperaturalar zonasida bo'lganligi uchun, yoqilg'ini yonishi natijasida hosil bo'lgan issiqlik hisobiga suv qaynash temperaturasigacha qiziydi va hosil bo'lgan bug'-suv aralashmasi zichligi kamligi sababli qozon barabaniga ko'tariladi. Barabanda bug' suvdan ajralib bug' ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 51.04 KB
Ko'rishlar soni 661 marta
Ko'chirishlar soni 84 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 51.04 KB
Ko'rishlar soni 661 marta
Ko'chirishlar soni 84 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga