Real gazlar. Bug'lanish va kondensatsiya Reja: Real gazlar va uning holat tenglamasi Bug'lanish va kondensatsiya. To'yingan bug'. Van-der Vaals izotermasi kritik holat.Gazlarni suyultirish. O'quvchi bilishi kerak: Real gazlar. Real gazlarning holat tenglamasi. Bug'lanish va kondensatsiya. To'yingan bug'. Kritik holat. Molekulalarning xususiy hajmlari, molekulalarning o'zaro ta'siri, bug'lanish, kondensatsiya, to'yingan bug', Van - der -Vaals izotermalari, qizdirilgan bug' va undan texnikada foydalanish. Gazlarni suyultirish. Mavzuning maqsadi: Real gazning ideal gazdan farqi va undagi tuzatmalar haqida tushuncha berish. Mavzuning bayoni: 1. Real gaz. Biz molekulyar fizika bo'limida ideal gaz modelidan keng foydalandik.Chunki past bosim ostida qizdirilgan va siyraklashtirilgan real gazlarning xossalari ideal gaznikiga juda yaqin bo'ladi. Bosim ortishi bilan molekulalar orasidagi o'rtacha masofa kamayib boradi va natijada molekulalarning xususiy hajmlari va ular orasidagi o'zaro ta'sirni hisobga olish zarurati tug'iladi. Molekulalarning xususiy hajmlari. Normal sharoitda 1m3 gazda 2,68 1025 ta molekula mavjud bo'lib taxminan 10-4m3 hajmni egallaydi. Albatta 1m3 hajmning o'n mingdan bir qismini hisobga olmaslik mumkin. Lekin 500 MPa bosim ostida molekulalarning xususiy hajmi gaz egallagan hajmning yarmini tashkil etadi. Bunday holda gaz molekulalarining xususiy hajmlarini hisobga olmaslik mutlaqo mumkin emas. Ideal gaz uchun yozilgan Klapeyron-Mendeleev tenglamasi PVm=RT ga molekulalarning xususiy hajmlarini hisobga oluvchi tuzatish kiritildi. Molekulalarning xususiy hajmlarini b harfi bilan belgilasak, unda molekulalar harakat qilishi mumkin bo'lgan erkin hajm Vm-b ga teng. Gaz molekulalari orasidagi ta'sir kuchi gazda ko'shimcha bosim vujudga kelishiga olib keladi.Bu bosimga ichki bosim deyiladi.Gollandiyalik fizik Van-der- Vaalsning hisob kitoblariga qaraganda ichki bosim molyar hajmning kvadratiga teskari proportsional. Bu yerda -molekulalar orasidagi tortishish kuchlarini xarakterlovchi Van-der-Vaals doimiysi orqali bosim ko'rinishda yoziladi Bu tenglamaga bir mol gaz uchun Van-der-Vaals tenglamasi yoki real gazning holat tenglamasi deyiladi a va b lar har bir gaz uchun alohida qiymatlarni qabul qiladigan va tajribalar yordamida aniqlanadigan o'zgarmaslar. 2. Moddaning bug' (gaz) holatiga o'tishiga bug'lanish deyiladi. Nafaqat suyuqliklar‚ balki qattiq jismlar ham bug'lanadi. Qattiq jismlarning bug'lanishiga sublimatsiya deyiladi. Suyuqlikning bug'lanishini ko'raylik. Bug'lanish, suyuqlik molekulalarining betartib harakatining natijasidir. Har qanday molekula suyuqlik sirtidan uzilib chiqishi uchun, molekulalar orasidagi tortishish natijasida vujudga keladigan sirt qatlami qarshiligini yenga olishi kerak. Suyuqlik molekulalarining tezliklari turlicha .Ularning orasida eng katta tezlikka ega bo'lganlarigina suyuqlik sirtidan chiqa oladi.Natijada suyuqlikda tezligi kichik molekulalar qolib, suyuqlikning temperaturasi pasayadi. Suyuqlikning temperaturasini o'zgarmas qilib saqlash yoki bug'lanish jarayonini tezlatish uchun esa qo'shimcha issiqlik miqdori beriladi.Agar suyuqlik qizdirilsa katta tezlikli molekulalarning soni ham ortadi va natijada suyuqlik sirtidan uzilib chiqadigan molekulalar soni ko'payadi.Suyuqliklarning tabiatiga qarab molekulalari orasidagi tortishish kuchlari ham turlicha. Suyuqliklarning aynan shu xususiyatlarini ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.55 KB
Ko'rishlar soni
405 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.55 KB
Ko'rishlar soni
405 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:08 ]
Arxiv ichida: doc