zichligi tebranishlar modasining o'rtacha energiyasi E ma'lum bo'lganda, (1.1) formula yordamida hisoblanadi. E ni topish uchun klassik fizikada nazariyadagi erkinlik darajalari bo'yicha energiyaning teng taqsimlanishi teoremasidan foydalanish mumkin. Klassik statistik tizimda har bir erkinlik darajasiga 12 kT energiya to'g'ri keladi. Garmonik ossillyatorning o'rtacha kinetik energiyasi, o'rtacha potensial energiyasiga teng. Shuning uchun ossillyatorning o'rtacha energiyasi kT ga teng. Qaralayotgan statistik tizimga kovak bo'shlig'idagi nurlanish va kovak devorlari ossillyatorlari kiradi, bu esa kovak bo'shlig'ida bir tebranish modasiga (turg'un to'lqinga) (1.10) formuladan E ning ifodasini (1.1) formulaga qo'yilganda quyidagi formula hosil bo'ladi: (1.11) formulada ρν - issiqlik nurlanish spektrida energiya taqsimlanishining zichligi; ν - issiqlik energiyasi chastotasi; k - Bolsman doimiyligi bo'lib, uning son qiymati k=1,38×10-23 Jgr; T - issiqlik nurlanishi chiqarayotgan jismning absolyut temperaturasi; c - vakuumda yorug'lik tezligi, c=3×108 msek; h - Plank doimiyligi bo'lib, uning son qiymati h=6,62×10-34 J×c. (1.11) formula Reley-Jins formulasi deyiladi. Bu formula 1900-yilda D.U.Reley tomonidan taklif qilindi va D.D.Jins tomonidan batafsil asoslandi. Reley-Jins formulasi issiqlik nurlanishi spektrida energiya taqsimlanishining zichligini ifodalaydi. (1.11) formula bo'yicha hisoblangan ρν ning qiymatlari (1.4-rasmda punktir chiziq) nurlanish spektrining kichik chastotalar sohasida tajriba natijalariga mos keladi. Katta chastotalar sohasida ρν ning (1.11) formula bilan hisoblangan qiymati tajribada aniqlangan qiymatidan keskin farq qiladi. Rasmda tajriba egri chizig'i ν→∞ bo'lganda, ρν→∞ munosabat hosil bo'ladi. Bundan tashqari, nurlanish energiyasining to'liq hajmiy zichligi ham cheksiz katta qiymatga ega bo'ladi: Bunday hol bo'lishi mumkin emas. Tajribada ρν katta chastotalar sohasida (ultrabinafsha sohada) nolgacha kamayib boradi. Bunday holni kvant mexanikasi asoschilaridan biri P.Erenfest ultrabinafsha haloqat deb atadi. ρν ning cheksiz katta qiymatga ega bo'lishi jism va uning nurlanishi orasidagi muvozanatga faqat absolyut nolda erishilishi mumkin degan xulosaga olib keladi. Bunday xulosa tajriba natijalariga ziddir, chunki aslida har qanday temperaturada jism - nurlanish sistemasi muvozanatda bo'lishi mumkin. Shunday qilib, klassik fizika asosida chiqarilgan Reley-Jins formulasi absolyut qora jism issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasini tushuntira olmadi. ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.53 KB
Ko'rishlar soni
1071 marta
Ko'chirishlar soni
182 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.53 KB
Ko'rishlar soni
1071 marta
Ko'chirishlar soni
182 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:08 ]
Arxiv ichida: docx