Sun'iy intellekt tushunchasi

Sun'iy intellekt tushunchasi

O'quvchilarga / Fizika
Sun'iy intellekt tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Sun'iy intellekt tushunchasi. Reja: Sun'iy intellekt tushunchasining paydo bo'lishi. Sun'iy intellekt tushunchasi. Tasodifiy izlash uslubi. Тayanch so'z va iboralar: intellekt, sun'iy intelekt, interfeys, ekspert tizimlar, tasodifiy izlash, intellektual tizim, matematik munosabatlar, optimal variant. «Sun 'iy intellekt» tushunchasi dastlab AQSHda paydo bo'ldi va sekin-asta boshqa davlatlarda ham keng qo'llanila boshlandi. 1956 - yil AQSHda kompyuter va dasturlash sohasidagi 10 nafar amerikalik yetakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'sha paytda mutaxassislardan ko'pchiligi yaqin o'n yil ichida sun'iy aql yaratilishi mumkinligini taxmin qilardi. Chorak asrdan keyin, ya'ni 1981-yili sun 'iy intellekt bo'yicha Kanadada bo'lib o'tgan Xalqaro konferensiyada birinchi uchrashuvning o'nta qatnashchisidan beshtasi qilingan bashoratlar o'ta optimistik bo'lganligini, muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi. Shunday bo'lsa-da bu yo'nalishda ko'pgina ilmiy va amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. Hozirgi kunda sun'iy intellektni yaratish bo'yicha ilmiy ishlar ko'pgina davlatlarda olib borilyapti. Intellekt - insonning tafakkur yuritish qobiliyati. Sun'iy intellekt- inson intellektining ba'zi vazifalarini o'zida mujassamlashtirgan avtomatik va axborotlashtirilgan tizimlar xususiyati. Sun'iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo'lgan, masalan, axborotni qabo'l qilish va undan ma'lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi. Kompyuterda hal etilayotgan masalalar, hatto ayrimlari anchagina murakkab bo'lsa-da, intellektual hisoblanmaydi.Bu o'rinda maktabda bajariladigan arifmetik amallar intellektual emasmi, degan savol tug'iladi. Bu ifodada masalaga tegishli qandaydir noaniq element mavjud. Bu masalani yechishning aniq algoritimi noma'lumligi yoki mavjud emasligidadir. Qandaydir standart materiallar masalani yechish metodini bilmaydigan o'quvchi uchun javobni izlash, aniq aqliy mexnatni talab qiladigan intellektual amal hisoblanadi. Uslubni bilgan o'quvchi ushbu turdagimasalani avtomatik ravishda yechadi. Shunday qilib masala qanday murakkab bo'lmasin agar uni yechishning aniq uslubi (algoritimi) topilgan va mos dasturi ishlab chiqilgan bo'lsa, u ishini intellektual yoki haqiqatdan ijodiy hal qilingan deb hisoblasa bo'ladi. Kompyuter uchun esa odatda bu ishning faqat mexanik amallarni bajarish qismi qoladi. Lekin bu barcha masalalarda emas. Shunday vaziyatlar bo'ladiki, masalani yechish algaritmi umuman topilmagan bo'lib,anchagina vaqt sarflanganda ham uni kompyuterda yechib bo'lmaydi. Bunday masalalar kam emas. Bo'lar qatoriga obrazlarni toppish,shoxmat o'ynash dasturlarini yaratish, tarjimalarni avtomatlashtirish kabilarni kiritish mumkin. Inson shunday masalalarga duch kelganda u qandaydir yagona yechimni yoki samarali uslubni topishga intilmaydi, balki masalani yechish jarayonida turli uslub va yo'l, axborot manbalaridan foydalanishga harakat qiladi. Sun'iy intellect sohasidagi ishlar, asosan, kompyuterni hozircha kam egallangan uslub va usullaridan samaraliroq foydalanishga o'rgatish dan iborat. Hozirgi kunda bu sohada anchagina ishar ilingan, ya'ni intellectual vazifalarni hal qiladigan dasturlar yaratilgan. Kompyuterda muammoni yechishning optimal varianti tanlanadi. Chunki optimal variant tanlanmasa va masala to'g'ridan-to'g'ri yechiladigan bo'lsa, unga juda ko'p vaqt sarflanadi.Masalan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.36 KB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.36 KB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga