Suyuq kristallar va ularning qo'llanilishi

Suyuq kristallar va ularning qo'llanilishi

O'quvchilarga / Fizika
Suyuq kristallar va ularning qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Suyuq kristallar va ularning qo'llanilishi Reja Suyuq kristallar Suyuq kristall turlari. Nematik, smektik va holesterik Elektr va magnit maydonlaridagi suyuq kristallarning xossalari Suyuq kristallarni qo'llanilishi matritsaviy displeylar Suyuq kristallar. Suyuq kristallar-suyuqlik va kristall xossasiga ega bo'lgan moddalar bo'lib unda bir vaqtning o'zida ham kristallik, ham suyuqlik xususiyatlari namoyon bo'ladi. Ma'lumki moddadarining ko'pchiligi uchta agregat holatda (qattiq, suyuq, gaz) bo'lishi mumkin. Murakkab molekulalarga ega bo'lgan ba'zi organik moddalar yuqoridagi uchta holatdan tashqari to'rtinchi holatda ham bo'lishi mumkin. Ular eritilayotganida oddiy suyuqlikdan farqlanuvchi suyuq kristall fazasi hosil bo'ladi. Mazkur faza kristallning erish haroratidan boshlanib undan yuqori harorat intervalida mavjud bo'ladi. Agar uni ayni shu interval chegarasidan yuqori haroratga qadar qizdirilsa, suyuq kristall oddiy suyuqlikka aylanib qoladi. Suyuq kristallar 188 yilda Avstriyalik batanik-olim F. Reynitser tomonidan birinchi marta olingan va tadqiq qilingan. F. Reynitser sintez qilgan yangi modda xolesteril benzoat ikkita erish nuqtasiga egadir. Bu qattiq jismning harorati 1450S ga yetganda, u loyqa suyuqlikka aylanadi. 1790S haroratda esa suyuqlik tiniqlashib qoladi, ya'ni o'zini optik nuqtai nazardan oddiy suyuqlikdek, masalan suvdek tutadi. F.Reynitser polyarizatsion mikroskop ostida holesteril benzatning loyqa fazasini kuzatganda u ikkilanma nur sindirishga ega ekanligini aniqladi. Molekulalarning fazoda tartiblanishi odatdagidek to'liq bo'lmasa ham u suyuq kristallar xususiyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning bilan ham ular oddiy suyuqlikdan farq qiladi. Molekula o'qlarining eng oddiy tartiblanishlaridan tashqari, suyuq kristallarning molekulalarida bundan ham murakkab oriyentatsion tartiblanish amalga oshishi ham mumkin. Suyuq kristallarning turlari. Nematik, smektik va xalesterik. Molekulalar o'qlarining tartiblanishining ko'rinishiga qarab suyuq kristallar uch turga bo'linadi: Nematik. Nematik grekcha nema so'zidan olingan bo'lib ip deganidir. Nematiklar tarkibida mikroskopik ipsimon strukturalar mavjud bo'lib ularning oxiri yoxud erkin, yoxud idishning devoriga yopishuvchan bo'ladi. 1930 yilning boshlarida nematik moddalarning umuiy molekulyar strukturasi qarama-qarshi mulohazalarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Xuddi shu vaqtda nemis fiziklari Ornshteyn va Kastlar nematik moddadardagi molekulalar butun xajm bo'ylab emas, balki faqat ayrim sohalarda parallel o'qlarga ega bo'lgan guruh yoki uya larga to'plangan degan fikrni ilgari surdilar. Ularning taxminlaricha, xar bir uya tarkibida bir millionga yaqin moleklalar joylashgan bo'ladi. Yaqinda Shvetsiyalik olim K.Ozen nematik moddadagi molekulalarning barcha o'qlari bir-biriga parallel, ularning o'zlari esa modda bo'ylab bir xilda joylashganligini isbotladi. hozirgi vaqtda uya nazariyasi go'yo ishonch qozonmagandek bo'lib turibdi. Smektik. Smektik, grekcha smegma-sovun so'zidan olingan bo'lib, Smektiklar sigarasimon shakldagi molekulalardan tashkil topgan bo'lib u molekulalarning katta o'qlari bir-biriga parallel orintatsiyalangan qatlamlar to'plamini hosil qiladi. Smektik suyuq kristall moddalarning eng ko'p tarqalgan misoli sovun ko'pigidir. Sovun pufaklarining tashqi va ichki sirtlari orasida suv bo'lib u smektik qatlamlardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 52.63 KB
Ko'rishlar soni 953 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 52.63 KB
Ko'rishlar soni 953 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga