Adronlar strukturasi. Materiya tuzilishi to'grisidagi zamonaviy qarashlar

Adronlar strukturasi. Materiya tuzilishi to'grisidagi zamonaviy qarashlar

O'quvchilarga / Fizika
Adronlar strukturasi. Materiya tuzilishi to'grisidagi zamonaviy qarashlar - rasmi

Material tavsifi

Adronlar strukturasi Materiya tuzilishi to'grisidagi zamonaviy qarashlar Reja: 1. Adronlar strukturasi 2. Materiya tuzilishi to'grisidagi zamonaviy qarashlar Oldingi ma'ruzalardan ma'lumki, biz hozirgacha qarab o'tgan elementar zarralar asosan 3 sinfga bo'linadilar: leptonlar, ular kuchli o'zaro ta'sirda qatnashmaydilar; adronlar - o'zaro kuchli ta'syrda ham qatnashadilar; o'zaro ta'sir tashuvchilar - foton, , - bazonlar va G - graviton. Leptonlar - haqiqiy elementar zarralar hisoblanadi. Hozirda masofagacha ular o'zlarini nuqtaviy zarracha kabi tutishadi va o'z ichki strukturasini namoyon qilishmadi. Ikkinchidan, ular bor yo'g'i 6 ta - (antizarralari bilan 12 ta) bo'lib, va neytrinolar absalyut stabil zarralar hisoblanadi, - mezon va - leptonning yashash vaqti esa yadro vaqtiga () nisbatan ancha katta. Endi adronlarga kelsak, birinchidan, ular soni ancha ko'p - bir - necha yuzga teng va asosiy qismini rezonanslar tashkil qiladi. Ikkinchidan, ular elektromagnit strukturaga ega. Masalan, P va neytron magnit momentlariga ega. Shu sababdan adronlarga xos umumiy xossalar izlandi va adronlar boshqa elementar zarralardan tashkil topmaganmikan degan fikr paydo bo'ldi. Bu yo'nalishdagi birinchi model E. Fermi va Ch. Yang tomonidan 1949 yili taklif qilindi. Bu modelga ko'ra o'sha vaqtda ma'lum bo'lgan p, n va ularning antizarralari fundamental zarralar deb e'lon qilindi. Lekin sal vaqt o'tib qiziq zarralar ham tajribada kuzatilishi bilan bu model kengaytirildi. Natijada barcha mavjud adronlar r, p va -qiziq zarra va ular antizarralarining ma'lum kombinatsiyalaridan tuzilgan deb qaraldi. Bu qarash 1956 yili S. Sakata tomonidan ilgari surildi va Sakata modeli deb ataladi. Lekin yangi adronlarning ochilishi va ularning bu model doirasida tushuntirib bo'lmasligi sababli Sakata modeli inqirozga yuz tutdi. Lekin shunday bo'lsada bu model adronlar strukturasini o'rganish yo'lida katta rol o'ynadi. 1964 yili M. Gell -Mann va J. Sveyg kasr zaryadli kvarklar tripletini taklif qilishdi. Hozirda bu kvarklar u - (inglizcha up - baland, chunki , d (down- past, va s(strange -qiziq S0) kvarklar deb ataladi. Ularning to'la xarakteristikalari jadvalda berilgan. Kvarklar uchun ham Gell-Mann -Nishidjima tenglamasi , o'rinli. Antikvarklar uchun J va T dan boshqa barcha xarakteristikalari qarama -qarshi ishoraga ega. Kvarklar barcha adronlar tuzilishini tushuntirish va shu bilan birga ularni oddiy, yanada umumiy simmetriyaga asoslangan prinsiplar asosida tushuntirish maqsadida kiritilgan. Bunga ko'ra barcha mezonlar kvark va antikvarklardan, barionlar esa uchta kvarkdan tuzilgan , . Agar mezonlarni kvarklar nuqtai - nazaridan ifodalasak, quyidagi oktupletni keltirishimiz mumkin. , , , , , Bundan tashqari unitar singlet ham mavjud uning massasi 958 Mev, T3 = Y = 0. va ' - mezonlar uchun S=O, lekin ular tarkibida s - kvark mavjud. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.12 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.12 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga