Ajratish halqa qatorining vazifalari va tuzilishi

Ajratish halqa qatorining vazifalari va tuzilishi

O'quvchilarga / Fizika
Ajratish halqa qatorining vazifalari va tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Ajratish halqa qatorining vazifalari va tuzilishi Reja: Ajratish halqa qatorining vazifalari va tuzilishi Ko'p halqa hosil qilish tizimli mashinalarda ajratish halqa qatorining hosil qilish. Ajratish halqa qatorining lastik 2+2 ga avtomatik to'qishga o'tishning o'ziga xosliklari Ikki ignadonli mashinalarda ajratish halqa qatorining hosil qilishning o'ziga xosliklari Interlok mashinalarida ajratish halqa qatorining hosil qilishning o'ziga xosliklari Qo'l usulida trikotajni boshlang'ich halqa qatorlarini olish ko'p mehnat talab etadi. Mahsulotni ishlayboshlashini mexanik (avtomatik) usulda olish mashinada qo'shimcha mexanizmlar o'rnatilishini talab etib, bu esa mashinani murakkablashtirib uning unumdorligini pasaytiradi. Shu sababli mahsulotni uzluksiz to'qish (birin-ketin) va keyinchalik ularni ajratib olish usuli keng qo'llaniladi. Bu usul mahsulotni qo'lda ishlayboshlash usulidan ko'ra kamroq mehnat qilinadi, qo'shimcha mostmalar talab qilinmaydi. Ular mahsulotni avtomatik ishalayboshlashni ta'minlaydigan mexanizmlardan bir muncha soddaroqdir. Biroq bu usulning kamchiligi shundan iboratki, mahsulotlar bir-birlaridan qo'lda ajritiladilar. Mahsulotlarni uzluksiz tasma (yoki mahsulot detallari) qo'lda ajritiladi va ajratish qatorlarini hosil qiluvchi ipni kesib- sug'irib olish bilan amalga oshiriladi. Mahsulot cheti (xoshiyasi) toza bo'lib so'tilmaydagan bo'ladi, u qo'lda bajariladigan yoki avtomatik ravishda ishlayboshlash usulidan farqlanmaydi. Ajratish qismini ikki ignadonli kulir mashinalarida ignalarni lastikli joylashtirishda olish mumkin. Malumki, trikotajni qismlarga ajratish mumkin qachonki u glad to'qimasi bilan to'qilgan bo'lsa. Trikotaj qanchalik siyrak bo'lsa ipni sug'urib olish shunchalik onson bo'ladi va uni halqa qatori bo'yicha ajratish mumkin bo'ladi. Shu sababli lastik to'qimali trikotajda lastik halqalarini uzaytirilgan glad halqalariga aylantirishadi. Buning uchun ignalardan halqalarni tashlab lastikli bir tomonidagi halqalarni so'tish yo'li bilan erishiladi. Ip so'tilgan halqalardan boshqa ignadon ignalarida hosil qilingan halqalarga o'tib uzaytirilgan glad halqalaridan tashkil topgan ajratish qatorni hosil qiladi. Biroq halqalarni lastikning halqa qatorlaridan o'zidan o'zi tashlanishi na faqat oxirgi halqa qatori halqalarini so'tilishiga olib keladi, balki ushbu ignadonlarni ignalaridagi oldingi halqa qatorlari halqalarini so'tilishga olib kelishi mumkin. Shu sababli lastik halqa qatorlari so'tilmasliklari uchun halqalarni ilgariroq mustahkamlab olish zarur. Mumtoz (oddiy) ajratish qatorini trikotajni lastik to'qimasi bilan to'qib bir halqa hosil qilish tizimli (aylana lastikli, yassi ignadonli fang mashinalarida, ikki ignadonli bir halqa hosil qilish tizimli avtomatlarda) olish mumkin. Ajratish halqa qatorlarini olish usullari haqida gap yuritilar ekan, ilgari xech bir maxsus mostlama yoki mexanizmlar yordamisiz ajratish halqa qatorlaridan foydalanilgan. Buning uchun uzluksiz tasma shaklida mahsulot aylana ignadonli mashinalarda to'qilaverilgan. Malum o'lcham uzunligida (masalan bir dona paypoq uzunlida) mashina bir halqa qatori halqalarini siyrakroq to'qib o'tgan. To'quvchilar ana shu halqa qatori bo'yicha ipni kesib donali karnaysimon mahsulot olishga erishishgan. Bunda na ishlayboshlash qismi, na ajratish qismi, umuman hozirgi paypoq mahsulotlarning biron bir qismi bo'lmagan. Ajratilgan karnaysimon, paypoq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 128.71 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 128.71 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga