Akkumulyatorlar batareyasi

Akkumulyatorlar batareyasi

O'quvchilarga / Fizika
Akkumulyatorlar batareyasi - rasmi

Material tavsifi

Akkumulyatorlar batareyasi Reja: Qo'rg'oshin kislotali akkumulyatorning ishlash prinsipi. Qo'rg'oshin kislotali akkumulyator batareyasining tuzilishi. Elektrolit tayyorlash va akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash. Akkumulyatorlar batareyasiga texnikaviy xizmat ko'rsatish va ularda uchraydigan nuqsonlar. Ishqorli akkumulyatorlar batareyasi. 1. Qo'rg'oshin kislotali akkumulyatorning ishlash prinsipi. Oddiy qo'rg'oshin-kislotali akkumulyatorning sxemasi 2-rasm, a da ko'rsatilgan. Akkumulyator elektr o'tkazmaydigan materialdan yasalgan bak 3 ga joylashtirilgan ikkita qo'r-g'oshin plastina 2 dan tuzilgan. Bakka elektrolit quyilgan bo'lib, u sulfat kislotaning distillangan suvdagi eritmasidan iborat. Plastinalar elektrolitda oksidlana boshlaydi va uning yuzasida qo'rg'oshin oksidi PbO hosil bo'ladi. Agar bunday akkumulyator o'zgarmas tok generatori 5 ga ulansa, unda sulfat kislota H2SO4 tok ta'sirida vodorod H2 ga va kislota qoldig'i SO4 ga ajraladi. Vodorodning musbat ionlari (kationlar) katodga, yani generatorning manfiy cho'tkasiga ulangan plastinaga tomon harakatlana boshlaydi. Bunda vodorod qo'rg'oshin oksidning kislorodi bilan birikib, sof qo'rg'oshin va suv hosil bo'ladi: PbOH2PbH2O. Plastina yuzasi yumshoq qilinadi yoki unda kovakli qo'rg'oshin hosil qilinadi. Kislota qoldig'i SO4 anod, yani generatorning musbat cho'tkasiga ulangan plastinaga tomon siljiydi. Kislota qoldig'i yo'l-yo'lakay kislorod O ga va kislota qoldig'i SO3 ga ajraladi. Suv kislota qoldig'i bilan birikib, sulfat kislota hosil qiladi: H2OSO3H2SO4, kislorodning manfiy ionlari (anionlar) esa musbat plastinadagi qo'rg'oshin oksidi bilan birikib, qo'rg'oshin (IV)-oksid PbO ni hosil qiladi. Akkumulyator plastinalarida elektr potentsiallar hosil bo'ladi. Bir vaqtda elektrolit kontsentratsiyasi ko'payadi, chunki unda sulfat kislotaning yangi molekulalari paydo bo'ladi. Bunday jarayon akkumulyatorni zaryadlash deb ataladi. Zaryadlangandan so'ng musbat plastina to'q jigar rang, manfiy plastina esa to'q kul rangga aylanadi. rasm. Qo'rg'oshin-kislotali akkumulyatorning ishlash sxemasi: Agar xuddi shunday akkumulyatorni zanjirga ulansa, unda zanjirda o'zgarmas elektr toki hosil bo'ladi; akkumulyator elektr energiya iste'molchisidan manbaga aylanadi (2-rasm, b). Agar akkumulyatorga elektr energiya iste'molchilari ulansa, unda u zaryadsizlana boshlaydi (2-rasm,v). Elektr toki ta'sirida akkumulyatordagi sulfat kislota parchalanadi; oldin vodorod, so'ngra suv ajraladi; musbat plastina esa qo'rg'oshin (II)-sulfat hosil bo'ladi (PbSO4). Manfiy plastinada ham shuningdek qo'rg'oshin (II)-sulfat hosil bo'ladi (PbSO4PbSO4). Plastinalar yuzasida qo'rg'oshin (II)-sulfatning paydo bo'lishi sulfatlanish deb ataladi (2-rasm, g). Shunday qilib, zaryadsazlanishda kislotaning foiz miqdori kamayadi va elektrolitdagi suv miqdori ko'payadi, yani elektrolit zichligi kamayadi. qo'rg'oshin (II)-sulfatning plastinalar yuzasiga tez chiqishi elektrolitning plastinalar bilan birikishiga to'sqinlik qiladi, bu akkumulyatorning ishlash qobiliyatini susaytiradi. Zaryadsizlanishda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Plastinalar rangi birmuncha o'zgaradi: musbat plastina och jigar rang tusga, manfiy plastina esa och kul rang tusga kiradi. Akkumulyator elektr energiya ishlab chiqarishi uchun uni qaytadan o'zgarmas tok manbaidan zaryadlash kerak. Shunday qilib, akkumulyator bir turdagi elektr energiyani ikkinchi turdagi elektr energiyaga aylantiruvchidir. Qo'rg'oshin-kislotali akkumulyatorning harakatda bo'lmagan elektr yurituvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.48 MB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.48 MB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga