Akkumulyatorlarni zaryadlash usullari va qurilmalari

Akkumulyatorlarni zaryadlash usullari va qurilmalari

O'quvchilarga / Fizika
Akkumulyatorlarni zaryadlash usullari va qurilmalari - rasmi

Material tavsifi

Akkumulyatorlarni zaryadlash usullari va qurilmalari Reja: Zaryadlash qurilmalariga qo'yiladigan talablar. Zaryadlash usullari. Zaryadlash qurilmalari Zaryadlash qurilmalari uchun umumiy talablar: - zaryalovchi elektr ta'minoti qurilmasi etarlicha chiqish kuchlanishi va tok bilan ta'minlashi kerak; - zaryadlash qurilmalarida zaryadlash kuchlanishi va tokini avtomatik yoki qo'l bilan sozlanishi kerak (akkumulyator batareyalarining ayrim turlari uchun ruxsat etilgan qiymatlari stabillashtirilgan bo'lishi kerak); - avtomatik zaryadlash qurilmalarida akkumulyator batareyalari zaryadlanib bo'lgandan keyin avtomatik uzishning asosiy va qo'shimcha himoya sxemasi bo'lishi kerak; - qisqa tutashuv va akkumulyator batareyasini haddan tashqari qizib ketishini oldini olish uchun qo'shimcha himoyani ta'minlash kerak. Zaryadlash usullari - stabillashtirilmagan tok bilan zaryadlash; - stabillashtirilgan tok bilan zaryadlash; - stabillashtirilgan kuchlanish bilan zaryadlash; - stabillashtirilgan kuchlanish va tok bilan zaryadlash; - asimmetrik tok bilan zaryadlash; - tezlashtirilgan zaryadlash; - uzoq muddat saqlash davomida akkumulyator batareyasini zaryadlash; Eng oddiy zaryadlash qurilmasining sxemasi Afzalliklari: oddiyligi va tannarxining arzonligi. Kamchiliklari: - zaryad tokini tarmoq kuchlanishiga va zaryadlangan sathiga bog'liqligi; - zaryadlash jarayonini doimiy nazorat qilish va zaryad tokini boshqarish zarurligi; -zaryadlash zaryadlanish sathidaan oshib va kamayib ketishi mumkinligi; - reostatda quvvatni yo'qolishi hisobiga uncha katta bo'lmagan FIKi. Stabillashtirilgan tok bilan zaryadlash Bu zaryadlash qurilmasi qo'yidagi algoritm bo'yicha ishlaydi: - boshqarish qurilmasi akkumulyator klemmalaridagi kuchlanishni o'lchaydi, agar belgilangan sathdan kam bo'lsa kalit qo'shiladi va qabul qilingan tok bilash zaryadlaydi. Zaryadlash yuqori sathga etgandan so'ng boshqarish qurilmasi kalitni uzadi va zaryadlash jarayoni to'xtaydi. Kuchlanish kamayishi kuzatilgan hollardagini bu butun jarayon qaytadan takrorlanadi. Afzalliklari: - akkumulyator zaryadlanganlik darajasi va tarmoqdagi kuchlanish tebranishni zaryad toki kattaliklariga bog'liq emas; - FIKini yuqoriligi; - zaryadlash jarayoni avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Kamchiliklari: - juda murakkab, o'z navbatida qimmat qurilma; - har doim xam akkumulyatorni 100% sig'imigacha zaryadlab bo'lmaydi, ayniqsa zaryad toki katta bo'lganda; - qayta zaryadlash istisno qilinmagan. Stabillashtirilgan kuchlanish bilan zaryadlash Kuchlanish stabilizatori diomiy tok generatori hisoblanadi. Kuchlanish avtomatik tarzda rele-regulyator orqali quvvatlanadi. ta'minot manbaidagi kuchlanish bilan akkumulyator kuchlanishi orasidagi farq sezilarli bo'lganligi sababli zaryadlashni boshlash vaqtida tok katta ko'rsatgichga ega bo'ladi. Akkumulyatorda zaryadlash kuchlanishi oshib boradi va zaryad toki minimal ko'rsatgichgacha tushadi. Afzalliklari: - zaryadlash vaqtini qisqaligi; - zaryadlanganlik darajasi oshib borishi bilan avtomatik tarzda zaryad toki kamayib boradi. Kamchiliklari: - zaryadlanish sathidan oshib ketishi yoki zaryadlanmay qolishini olidini olish uchun kuchlanish manbaida zaryad tokini aniq belgilab qo'yishni talab qiladi; - boshlang'ich zaryad tokini kattaligi; Ikki bosqichli zaryadlash qurilmasi. I va U usulida zaryadlash Ikki bosqichli zaryadlash grafigi Akkumulyator ikki bosqichda zaryadlanadi. Birinchi bosqich - stabillashtirilgan tok bilan zaryadlash (I usuli). Ikkinchi bosqich ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:56 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga