Aktinometr yordamida to'g'ri quyosh radiatsiyasini o'lchash

Aktinometr yordamida to'g'ri quyosh radiatsiyasini o'lchash

O'quvchilarga / Fizika
Aktinometr yordamida to'g'ri quyosh radiatsiyasini o'lchash - rasmi

Material tavsifi

Aktinometr yordamida to'g'ri quyosh radiatsiyasini o'lchash Insoniyat oxir-oqibatda energiyaning asosiy manbaii Quyoshga murojat etish kerak, degan fikrni olimlar oldindan aytib kelishgan. Yil davomida Yer Quyoshdan taxminan 6·10Kvt·soat nurlanish energiyasini oladi, bu insoniyat hozirgi vaqtda sarflayotgan energiyadan 20 ming martadan ko'proqdir. Uning 0,001 qismidan kamrog'ini o'simliklar va odamlar ishlatadilar. Energiyaning nurlanish manbaii sifatida Quyosh turli tuman elektromagnit to'lqinlarni chiqaradi. Quyosh nurlarining katta qismi spektrning infraqizil sohasiga, deyarli yarmini ko'zga ko'rinadigan spektrning m- gacha to'lqin uzunliklar sohasiga to'g'ri keladi. Bu Energiya yer yuzasiga yorug'lik ko'rinishida etib keladi. Atmosferada ro'y beradigan hamma hodisalar Quyosh radiatsiyasi ta'sirida sodir bo'ladi. Yorug'lik va issiqlik xususiyatiga ega bo'lgan Quyosh nurlari Quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Atmosferaning yuqori chegaralariga kirib kelayotgan Quyosh energiyasi bir qancha omillarga bog'liq bo'lib holda, ular ta'sirida solyar (quyosh) iqlimi shakllanadi. Bu miqdor Quyosh doimiysi deb ataladi. Yerning Quyoshgacha bo'lgan o'rtacha joylashishida Quyosh doimiysining qiymati 1 yanvar 1981yildan 1,3670,007kvtmdeb qabul qilingan. Ayni vaqtda kirib kelayotgan Quyosh radiaksiyasi oqimi Quyosh doimiysi qiymatiga, Quyoshgacha bo'lgan masofaga, Quyoshning og'ishiga, joyning geografik kengligiga va vaqtga bog'liq bo'ladi. Yer sirti atmosfera va umuman yer sayyorasi radiatsion rejimining shakilantiruvchi omili bo'ladi. Bular Quyosh doimiysining qiymati, Quyoshning og'ishi, kun soatlari, atmosfera tarkibi undagi aerozollar va suv bug'larining miqdori va turi, yer sirti albedasi, yer sirtining turi holati bilan aniqlanadi. Sanab o'tilgan omillar yer sirti va atmosfera radiatsion balansi hamda uni tashkil etuvchilar (to'g'ri, sochilgan va yig'indi radiatsiya, effektiv nurlanish)ning kunlik va yilik o'zgarishlariga sabab bo'ladi. Aktinometriya-metrologiyaning bir qismi bo'lib, nurlanish energiyasining (radiatsiya) oqimini o'lchash bilan shug'ullanadi. Quyosh radiatsiyasining yer sirtiga tushuvchi parallel nurlari to'g'ri Quyosh radiatsiyasi deyiladi. Quyosh radiatsiyasining yer sirtiga tushishini xarakterlaydigan kattalik uning intinsivligidir (). U issiqlik miqdori bilan baholanadi. Quyosh nurlariga perpendikulyar joylashgan 1smqora jism sirtiga 1 minut vaqt ichida tushuvchi quyosh nurlarini yutib issiqlik miqdoriga aylantirish intensivlik bilan ifodalanadi. Atmosfera chegarasidagi quyosh radiatsiyasining intensivligi quyosh doimiysi deyiladi (S): S=13670,007 (1) Quyosh energiyasining yassi sirtga tushishni xarakterlaydigan kattalik insolyatsiya (Ye) deyiladi, u ham birlik bilan o'lchanadi. Insolyatsiya va intensivlik orasida quyidagicha bog'liqlik bor: Ye=YeSin h=Ecos, (2) bunda -Quyosh balandligi; -Quyoshning zenit masofasi. Quyoshning balandligi quyidagi astronomik formula yordamida hisoblanadi: = (3) bu yerda joyning geografik kengligi; Guliston shahri uchun Toshkent uchun quyoshning og'ishi; quyoshning soat burchagi. Har bir oyning 21 sanasi uchun quyoshning og'ish qiymatlarini quyidagi jadvalda keltirilgan. 1-jadval rasm. Ekvatorial kordinatalar: joyning geografik kengligi, quyoshning og'ishi, t-quyoshning soat burchagi, RR΄-dunyo o'qi, quyosh balandligi. Aniq kengliklar uchun, quyosh radiatsiyasi intensivligining normal sirtga tushishini aniqlashning turli usullari mavjud. ning 38-630 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 96.42 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 96.42 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga