Aktiv va reaktiv elementli zanjirlar hisobi

Aktiv va reaktiv elementli zanjirlar hisobi

O'quvchilarga / Fizika
Aktiv va reaktiv elementli zanjirlar hisobi - rasmi

Material tavsifi

AKTIV VA REAKTIV ELEMENTLI ZANJIRLAR HISOBI REJA: I. Kirish. O'zgaruvchan tok zanjirida ajralib chiqadigan quvvat. O'zinduksiya va sig'imga ega bo'lgan o'zgaruvchan tok zanjiri. II.Xulosa: II. Adabiyotlar: O'zaroinduksiya . Endi o'zaroinduksiya hodisasini tekshirishga o'tamiz. Bu hodisaning asosiy tomonlarini biz elektro-magnit induksiyaga tegishli tajribalarni ko'rib chiqishda tahlil qilgan edik . O'zaroinduksiya hodisasi shundan iboratki , birorta konturdagi elektr tokining kuchi o'zgarganda u tokning o'zgaruvchan mag'nit maydoni o'qni konturlarda elektr yurituvchi kuch induksiyalaydi . Ikkita (1 va 2) konturlar olamiz . Faraz qilaylik birinchi kontutdagi tokning kuchi I1 bo'lsin . Bu tok hosil qilayotgan magnit induksiya oqimi Ф tok kuchi I1 ga proporsional bo'ladi . Ф oqimining 2 konturini kesib o'tayotgan qismini Ф21 bilan belgilaymiz , u vaqtda Ф21= L21* I1 Deb faraz qilishimiz mumkin . Ф21 ikkala konturni (1 va 2) kesib o'tayotgan magnit induksiya chiziqlari bilan ko'rsatilgan . Birinchi konturdagi I1 tok kuchi o'zgarsa , Ф21 oqim ham o'zgaradi va natijada ikkinchi konturda E 2 induksiya elektr yurituvchi kuchi paydo bo'ladi . Bu elektr yurituvchi kuchning kattaligidagi (3) formuladan topamiz . Agar konturlarning o'lchovlari va bir -biriga nisbatan vaziyatlari o'zgarmasa, u vaqtda (1) formuladagi L21 koeffisenti o'zgarmas bo'ladi va Bunda L21 koeffisent 2 kontur bilan bir konturning o'zaro induksiya koeffisenti deb ataladi . Ravshanki yuqorida aytilganlarning hamma-sini ikki konturda tokning o'zgarishidan, bir kon-turda induksion tok hosil bo'ladigan hol uchun ham takrorlash mumkin. U vaqtda ikkinchi konturdagi tok kuchini I2 orqali, birinchi konturda hosil bo'la-digan elektr yurituvchi kuchning orqali belgilab, quyidagini topamiz . L12 koffisient 1 kontur bilan 2 konturning o'zaroinduk-siya koeffisenti deb ataladi . Har qachon ham L21= L12 bo'ladi; shunday ekanligini keyinroq ko'rsatamiz. Shunday qilib, to'g'ridan -to'g'ri ikki konturning o'zaroinduksiyasi haqida gapirish mumkin ekan. Munosabatdan foydalanib, quyidagi ta'rifni berishimiz mumkin: ikki konturning L21 o'zaroinduksiya koffisenti konturlarning biridan tok birligi tomonidan hosil qilinayotgan va ikki konturni kesib o'tayotgan magnit induksiya oqimining son qiymatiga tengdir. Munosabatdan o'zaroinduksiya koffisentining ikkinchi (dinamik) ta'rifini topamiz: ikki konturning L12 o'zaroinduksiya koffisentining son qiymati konturlarning biridagi tokning kuchi vaqt birligi ichida tok kuchi birligiga o'zgarganda ikkinchi konturda hosil bo'lgan induksiya elektr yurituvchi kuchiga tengdir. O'zgaruvchan tok zanjirida ajralib chiqadigan quvvat . O'zgaruvchan tok zanjirida ajralib chiqadigan quvvatni qarab chiqaylik. Tok kuchining oniy qiymati bilan elektr yurituvchi kuchning oniy qiymati ko'paytmasi quvvatining oniy qiymatiga teng bo'ladi: Turli paytlarda quvvatning bu oniy qiymati turlicha bo'ladi, chunonchi, I yoki nolga teng bo'lgan paytlarda quvvat 0 ga teng. Shuning uchun ham bizni quvvatning oniy qiymati emas, balki bu davr ichidagi o'rtacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 402.55 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:56 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 402.55 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga