Amorf qattiq jismlar Reja: Amorf qattiq jismlarning tuzilishi. Amorf qattiq jismlarda elektronlar va kovaklar energiyalari spektri. Amorf qattiq jismlarning elektrik va magnit xossalari. Amorf jismlarning qo'llanilishi. Amorf jismlar strukturasida «yaqin tartib» mavjud bo'lib, «uzoq tartib» bulmaydi. Shuning uchun xam bunday moddalar anizotrop moddalar hisoblanadi. Yani amorf qattiq jismning strukturasida uning xossalari har xil nuqtalarda har xil uzgaradi. Amorf strukturali qattiq jismlarni tayyorlashning o'ziga xos xususiyati bor. Katta temperaturada suyuk holatga keltirilgan, kvarts ampuladagi moddani juda tez sovutish (100 0s|sek) yo'li bilan amorf struktura olish mumkin. Barcha qattiq jismlar xam amorf strukturaga ega bulmaydi va amorf strukturaga ega buladigan moddalarning erish temperaturasi va uni sovutish temperaturasi har xil bo'ladi. Demak amorf qattiq jismlar uchun: urinli bo'ladi. amorf strukturada nuqtaviy nuqsonlar mavjud bo'lgani uchun (Frenkel, Shottki nuqsonlari, aralashma atomlar, radiatsion nuqsonlar) bu moddalarning energetik spektrida katta o'zgarishlar mavjud bo'ladi. Takiklangan zonada donor va aktseptor satxlar mavjud bo'ladi. Yed-donor satx energiyasi, Yea-aktseptor satx energiyasi bo'lib, bu satxlarda elektronlar va kovaklar joylashgan. tashqi ta'sir (energiya, maydon, temperatura) ostida donor satxidagi elektronlar Yes-o'tkazuvchanlik zonasiga utib, erkin elektronga aylanishi va tok tashishda katnashishi mumkin. Shuningdek Yea-aktseptor satxidagi musbat teshikchalar yani kovaklar tashqi ta'sir ostida valent zonaga utishi va o'tkazuvchanlikda katnashishi mumkin. Amorf qattiq jismlar elektrik xossalariga ko'ra kuprok yarim o'tkazgichlar gruppasiga mansubdir. o'tkazgich xossasiga ega amorf qattiq jismlar xam tokni unchalik yaxshi o'tkazmaydi. Amorf qattiq jismlarda elektr o'tkazuvchanlik boshqa qattiq jismlar singari temperaturaga bog'liq bo'ladi va kuyidagicha qonuniyat bilan uzgaradi. Amorf qattiq jismlar uzlarining magnit xossalariga ko'ra kuprok diamagnetiklar guruhiga kiradi. Ularda atomlarning magnit momentlarining yig'indisi nolga teng bo'ladi: Shu sababli bunday moddalar tashqi magnit maydoniga kiritilsa, ular tashqi maydonni susaytiradi. Amorf qattiq jismlar fan va texnikada keng kullaniladi. Amorf strukturaga ega bo'lgan A3 V6 birikmalarga bazi aralashma atomlari kiritilganda ularda «sakrovchi» o'tkazuvchanlik kuzatiladi. Bunga misol qilib AlTe, GaTe birikmalarini ko'rsatish mumkin. «Sakrovchi» o'tkazuvchanlikga ega bo'lgan amorf qattiq jismlardan EXMlar uchun xotira bloklari yaratish mumkin. Ularning elektr o'tkazuvchanligi, asosan volt-amper xarakteristikasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: U1 kuchlanishda amorf strukturadan utuvchi tok qiymati keskin oshadi, yani «sakrab» uzgaradi. Bunga sabab shu kuchlanishda strukturada kristall shnur hosil bo'lishi va undan katta tok utishidir. Foydalanilgan adabiyotlar Zaynobiddinov S., Teshaboev A., Ermatov A. «qattiq jismlar fizikasi» Toshkent, 2001 y. Yepifanov.G.I. Fizika tverdogo telo. M.1965 Vonsovskiy S.V., Katsnelson M.I. Kvantovaya fizika tverdogo telo.M.1983. Zaynobiddinov S., Teshaboev A. «Yarim o'tkazgichlar fizikasi» Toshkent, 1992 y. Zayman J. prinsipu teorii tverdogo tela. M. Mir. 1974. Kittel Ch. Vvedenie i fiziku tverdogo tela. Fizmatgiz. 1993. ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:56 ]
Arxiv ichida: doc