Amper va lorens kuchlarining qo'llanishi Reja: Elektron mikroskopning tuzilishi. Elekton nurli trubka. Mass spektrometr. MGD generator. Zaryadlangan zarrachalarning magnit maydoni. 5. Tezlatgichlar. 1. Elektron mikroskopning tuzilishi. Optik mikroskoplarda kichik buyumlarning tasvirini kattalashtirish uchun yorug'lik nurlaridan foydalaniladi. Elektron mikroskoplarda esa yorug'lik nuri o'rnida vakuumda yuqori energiyaga ega bo'lgan elektronlar oqimidan foydalaniladi. Bunday qurilmalarda katta tezlikli elektronlar olish uchun magnit linzalar qo'llaniladi. Magnit linza deganda, kichik tirqishli metall g'ilof ichiga joylashtirilgan va katta magnit maydonga ega bo'lgan solenoid tushuniladi. Elektron mikroskopning sxemasi quyidagi rasmda berilgan. Uning tarkibiy qismlari: tok manbai yordamida qizdiriluvchi katod K, anod trubkasi A, nazoratchi to'r C, ikkita magnit linza M1, M2 va ekran S dan iboratdir. Birinchi magnit linza M1 o'zidan qizdirish yoki yoritish natijasida elektronlar chiqaruvchi (yoki sochuvchi) buyumning haqiqiy tasvirini kattalashtirib beradi. Ikkinchi magnit linza M2 birinchi linzadan kelgan tasvirni yanada kattalashtirib, ekran S yoki fotoplastinkaga tushiradi. Elektron mikroskopda buyumning umumiy kattalashtirilishi har bir linzadagi kattalashtirishlarning ko'paytmasiga teng bo'ladi. Hozirgi zamon elektron mikroskoplarda buyumlar tasvirini 105 martagacha kattalashtirish mumkin. a) b) Elektron mikroskop. a) umumiy ko'rinishi, b) optik sxemasi 2.16 - a) rasmda tasvirlangan elektron mikroskop quyidagi asosiy qismlardan iborat: 1- elektron pushka, 2- kondensorli linzalar, 3 - ob'yektiv linzalari, 4-proyeksion linzalar, 5 - ekranda namoyon bo'ladigan tasvirni qo'shimcha kattalashtiradigan yorug'lik mikroskopi, 6 - tubus, 7- yuqori kuchlanishli kabel, 8-vakuumli tizim, 9 - boshqaruv pulti, 10-stend, 11-yuqori kuchlanish manbai qurilmasi. 2.16 - b) rasmdagi elektron mikroskopning optik sxemasi quyidagicha tuzilgan: 1-katod, 2-fokuslovshi silindr, 3-anod, 4-birinchi (qisqa fokuslovchi) kondensor, 5- ikkinchi (uzun fokuslovchi) kondensor, 6-ob'yekt, 7-aperturli diafragma, 8- ob'yektiv, 9, 10, 11 - linzaning proyeksiyalovchi tizimi, 12-katodli lyuminessirlovchi ekran. 2.Elekton nurli trubka. Elektron nurli trubka elektronlarning elektr maydoni ta'sirida ma'lum bir burchakka egilishi natijasida va maydon kuchlanganligining qiymatiga bog'liq ravishda egilish burchagining o'zgarishi lyuminisensiyalanuvchi ekranning turli nuqtalarida nuqtaviy yoritilishlar vujudga kelishini ta'minlaydi. Bu nuqtaviy yoritilishlar majmuasi elektron nurli trubkada tok kuchi va yo'nalishiga bog'liq ravishda grafiklarni hosil qilish mumkin. Shu asnoda posilograf ishlaydi.Televideniya trubkasida esa yoritgichlar majmuasi tasvirini vujudga keltiradi. Elektron nurli trubka Mass spektrometr. Masspektrofotometrlar deb ataluvchi fizikaviy qurilmalardan odatda moddalarning tarkibiy elementlari molyar massasi aniqlash maqsadida masspektrlar olinadi. Misol tariqasida mirzoi qizil sabzi olindi, asosiy bo'yovchi modda spektri keltirilgan. β- karotinoid bo'yog'i tarkibidagi bo'yovchi modda mass spektrlarini ko'rib o'tib hamda bu spektrlarni tahlil qilib β-karotinoidning molyar massasi 568,428 а.m.b. ga tengligi isbotlandi. Ikkinchi misol sifatida MAT-311 masspektrometri yordamida o'tkazilgan kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, modda tarkibiga kiruvchi elementlar spektrlari ularning molyar massalariga mutanosib bo'lishi lozim. Haqiqatdan ham, ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
162.78 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
162.78 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:56 ]
Arxiv ichida: doc