10-sinf fizika darsligi asosida 39-mavzu: Elektr zanjirlarida ishlatiladigan elektr o'lchov asboblari ma'lum chegarada ishlay oladi. Masalan, galvanometr juda sezgir asbob bo'lib juda kichik tok kuchi va kuchlanishni o'lchay oladi. Ularning o'lchash chegarasini oshirish uchun ularga qo'shimcha ravishda qarshiliklar ulanadi Galvanometrni ampermetr sifatida ishlatish uchun unga parallel ravishda shunt deb ataladigan, kattaligi juda kichik bo'lgan qarshilik ulanadi (8.11- rasm). Galvanometr qarshiligini R, shunt qarshiligini r bilan belgilaylik. Galvanometr va shunt o'zaro parallel ulanganligidan ularning uchlaridagi kuchlanish U ga teng bo'ladi. U holda galvanometrdan va shuntdan o'tuvchi tok kuchlari ga teng bo'ladi. Zanjirdagi umumiy tok kuchi I, galvanometrdan o'tuvchi tok kuchi Ig dan n marta katta bo'lsin: Shunday qilib, galvanometrdan o'tuvchi tok kuchi, umumiy tok kuchidan (n + 1) marta kichik bo'ladi. Tok kuchlari ifodalari orqali galvanometrga ulanadigan shunt qarshiligini topamiz: Shunday qilib galvanometrga parallel ravishda qarshiligi r bo'lgan shunt ulansa, uning o'lchash chegarasi n marta ortadi va asbob shkalasining bo'linish darajasi (n + 1) marta ortadi. Galvanometrni voltmetr sifatida ishlatish uchun unga ketma-ket ravishda qo'shimcha qarshilik ulanadi (8.11-rasm). Bunda ham galvanometr qarshiligini R, qo'shimcha qarshiligini r bilan belgilaylik. Galvanometr va qo'shimcha qarshilik o'zaro ketma-ket ulanganligidan ulardan o'tuvchi tok kuchlari I = Ig=Ir bo'ladi. R va r ketma-ket ulanganligi sababli umumiy kuchlanish bo'ladi. Zanjirdagi umumiy kuchlanish U ni U g ga nisbatini deb olamiz. Bunda Ug - galvanometrning kuchlanishni o'lchash chegarasi. Umumiy kuchlanish ifodasini har ikkala tomonini Ug ga bo'lib yuborsak, bo'ladi. Bundan Demak, galvanometrga ketma-ket holda r qarshilik ulansa, uning kuchlanishni o'lchash chegarasi n marta ortar ekan. Bu holda asbob shkalasining bo'linish darajasi (n + 1) marta ortadi. Odatda, katta qiymatli kuchlanishlarni o'lchaydigan voltmetrlar shu tamoyilda ishlaydi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.97 MB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.97 MB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:57 ]
Arxiv ichida: ppt