Analitik reaksiyalar kationlarning analitik gruppalarga bo'linish prinsiplari Reja: 1. Analitik reaksiyalarning sezgirligi o'ziga hosligi va reaksiya olib boriladigan muhitning roli. 2. Analitik reaksiyalar - ionli reaksiyalardir. 3. Analitik reaksiyalarning yo'nalganligi. 4. Eritmalarni bo'lib-bo'lib yoki sistemali analiz qilish. 5. Sifat analizida qo'llaniladigan reaktivlar. 6. Kationlarning analitik gruppalarga bo'linish prinsiplari. Analitik reaksiyalarning sezgirligi o'ziga hosligi va reaksiya olib boriladigpn muhitning roli. Barcha kimyoviy reaksiyalar muayyan sharoitlarda o'tkazilishi kerak. Undan chetga chiqish noto'g'ri natijalarga olib keladi. reaksiya amalga oshadigan muhit reaksiyaning natijasiga ta'sir etadigan muhim omillardan biridir. Masalan: NH4 li muhitda Ag+ ni AgCI holida cho'kmaga tushirib bo'lmaydi. Shuning uchun analitik reaksiyalarni o'tkazishdan avval muhitning rN ni aniqlash kerak. Ma'lum rN qiymatiga ega bo'lgan muhit yaratish maqsadida ishqor yoki qislotalardan foydalanish mumkin. Analitik reaksiyalarni amalga oshirishda temperatura ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ba'zi bir reaksiyalarni sovuqda ayrimlarini xona temperaturasida, yana boshqalarini yuqori temperatura sharoitda o'tkazishga to'g'ri keladi. Masalan , Na+ va K+ ionlarini cho'ktirish reaksiyasi sovuqda olib boriladi. Kontsentratsiya ham reaksiya tezligiga ta'sir qiluvchi muhim omillardan biridir. Agar aniqlanayotgan ionning kontsentratsiyasi ushbu reaktiv ta'sirida topilishi mumkin bo'lgan minimal kontsentratsiyadan kam bo'lsa, u holda reaksiya ijobiy natija bermaydi. Qo'shilayotgan reaktiv ta'sirida hosil bo'ladigan birikma o'ta toyingan birikma hosil qiladigan miqdorda bo'lishi kerak, ana shundagina cho'kma hosil bo'ladi. Analitik reaksiyalar sezgir bo'lishi kerak. reaksiyaning sezgirligi qancha yuqori bo'lsa, u shuncha kam miqdordagi moddani aniqlashga imkon beradi. reaksiyaning sezgirligi topilish minimumi va minimal (yoki chegara) kontsentratsiya (va chegara suyultirish) bilan xarakterlanadi. Topilish minimumi. Modda yoki ionning ayni reaksiya yordamida ma'lum sharoitda topilishi mumkin bo'lgan eng kichik miqdori uning topilish minimumi deb ataladi. Topilish minimumi grammning milliondan bir o'lushlari, ya'ni mikrogrammlar (mgr) bilan ifodalanadi. U grekcha (gamma) xarfi bilan belgilanadi. 1 = 10-3mg= 0,001 g = 110-6. Masalan, K+ ionini K2[PtCI6] kompleks tuzi ko'rinishida aniqlash reaksiyasining topilish minimumi 0,1 . Chegara suyultirish. V eritma necha marta suyultirilganda analitik reaksiyaning ijobiy natija berishi saqlanib qolinishini ko'rsatadi. S=1 V -moddanig minimal kontsentratsiyasi deb ataladi. K+ ionini K2[PtCI6] holida aniqlashda minimal kontsentratsiya 1:100 nisbat bilan ifodalanadi. Demak ushbu reaksiya yordamida kaliy kationini 100 ml suvda 1 grammdan ko'p miqdorlarda kaliy ioni bo'lgan eritmalarda aniqlash mumkin. Eritmaning ayni modda borligini ochish mumkin bo'lgan minimal hajmi = g v106 Minimal kontsentratsiya eritmaning minimal hajmi va topilish minimumi orasida quyidagi bog'lanish mavjud. q =c106 yoki s=q106 Bu yerda c- minimal kontsentratsiya q -topilish minimumi -analiz uchun olingan minimal kontsentratsiyali eritma hajmi, ml hisobida Misol, Si2+ ionlarining minimal kontsentratsiyasi 1: 2500 gml ga teng. Ammoniy ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.54 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.54 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:57 ]
Arxiv ichida: doc