ASINXRON MAShINALAR Asinxron mashina uzgaruvchan tok mashinasi hisblanadi. Asinxron mashinalar ham generator, ham dvigatel sifatida ishlatilishi mumkin. Uch fazali asinxron dvigatellar metall kesish, yog'ochni qayta ishlash dastgohlarini, ko'tarma kranlar, liftlar, eskalatorlar, ventilyatorlar, nasoslar va boshqa mexanizmlarni harakatga keltirishda ishlatiladi. 1889 yil 8 marda buyuk rus ixtirochisi Mixail Osipovich Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelni ixtiro qildi. ASINXRON MAShINALAR Barcha elektr mashinalari kabi asinxron dvigatellar ham: ikki asosiy kism; qo'zg'almas qism stator va aylanuvchi rotordan iborat. Stator stanina, po'lat o'zak va statorning pazlariga joylashtirilgan uch fazali cho'lgamlardan iborat. Stanina chuyandan yoki alyuminiydan silindrsmon shaklda yasalgan bo'lib, uning ichiga statorning po'lat o'zagi mahkamlanadi. Shuningdek, Asinxron dvigatel ishlayotganida uni sovitish maqsadida stanina qovirg'ali qilib yasaladi hamda mashinani tashqi mexanik ta'sirlardan saqlash uchun ham xizmat qiladi. Staninada stator cho'lg'amlarini elektr energiya manbaiga ulash uchun shu cho'lg'amlarning uchlari chiqarilgan klemmalar qutichasi bor. Cho'yandan quyilgan staninali elektr mashinalar ko'tarish uchun mo'ljallangan vintli ilgakka ega bo'ladi. Statorning silindrsimon po'lat o'zagi qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm li, o'zaro maxsus tok bilan izolyatsiyalangan elektrotexnik po'lat plastinalar to'plamidan iborat. Stator po'lat o'zagining ichki sirtida stator uzunligi bo'yicha ketgan pazlarga stator chulgamlari joylashtirilgan. Stator chulg'ami izolyatsiyalangan mis simlardan yasalgan bo'lib, stator pazlariga 2p3 burchak ostida joylashtiriladi. Chulg'amlarning bosh va oxirgi uchlari yuqorida aytilgandek, klemmalar qutichasiga chiqarilgan bo'ladi. 9.4- rasm, a-v da chulg'amlarning ulanishi ko'rsatilgan. Chulg'am uchlarining ochiq qoldirilishi uni tarmoq kuchlanishining qiymatiga qarab yulduz yoki uchburchak sxemada ulashga imkon beradi. Rotor dvigatelning aylanish o'qiga mahkamlangan bo'lib uning po'lat o'zagi ham statorniki kabi qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm li elektrotexnik po'lat plastinalar to'plamadan iborat. Po'lat o'zak plastinalirining ustki yuzasida pazlar o'yilgan bo'lib ularning konfiguratsiyasi turlicha bo'lishn mumkin. Po'lat o'zak dvigatelning o'qiga mahkamlanadi. Po'lat o'zak plastinkalaridagi pazlar rotor ariqchalarini tashkil etib, unga rotor chulg'amlari joylashtiriladi. Asinxron dvigatellar rotor chulg'amlarining tuzilishiga qarab ikkiga bo'linadi, dvigatelning nomiga esa shu chulg'am nomi qo'shib aytiladi. Asinxron dvigatellar rotor chulg'amlarining tuzilishiga qarab ikkiga bo'linadi, dvigatelning nomiga esa shu chulg'am nomi qo'shib aytiladi. chulg'amlari, qisqa tutashtirilgan rotor bunday dvigatel esa qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatel faza chulg'amli rotor, bunday dvigatel esa faza rotorli asinxron dvigatel Agar po'lat o'zak ariqchalariga alyuminiydan yasalgan sterjenlar joylashtirilib, ularning uchlari alyuminiy halqalar bilan biriktirilsa, bunday rotor chulg'amlari, qisqa tutashtirilgan rotor deyiladi. Bunday dvigatel esa qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel deb nomlanadi. Issiq sharoitlarda ishlatiladigan dvigatellarning sovitilishini yaxshilash maqsadida rotor o'qiga shamollatish parrakchalari o'rnatiladi. quvvati 100 kVt gacha bo'lgan qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarning rotor .(chulg'amlari) sterjenlari alyuminiydan quyib tayyorlanadi. Rotor sterjenlari (chulg'amlari) uzaksiz ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:57 ]
Arxiv ichida: docx