Asinxron motorlarni ishga tushirish Mavzu bo'yicha reja: Asinxron motorning ishlashi Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish. Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish. Uch fazali asinxron motorni bir fazali elektr tarmogiga ulab ishga tushirish. Asinxron motorning ishlashi Asinxron motorning stator chulgamiga uch fazali tok berilsa p1=60f1p chastota bilan aylanuvchi magnit maydoni hosil bo'ladi. Aylanuvchi magnit maydoni rotor chulgamini kesib o'tib, uning yopiq zanjiriga ega chulg'amida EYuK va, demak, tok hosil qiladi. Rotor chulg'amidagi tok bilan statordagi aylanuvchi magnit maydonning o'zaro ta'siri natijasida aylantiruvchi elektromagnit moment hosil bo'ladi, natijada motor n2 chastota bilan aylana boshlaydi. Aylantiruvchi momentni hosil qiluvchi kuchlarning yo'nalishi chap qo'l qoidasi bilan aniqlanadi. Rotorning aylanish chastotasi n2 aylanuvchi magnit maydonning sinxron chastotasi n ga nisbatan xamma vaqt kichik bo'ladi. Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim: Motorni ishga tushirish mumkin qadar oson va qo'shimcha qurilmalarsiz bajarilishi lozim, ishga tushirish momenti etarli darajada katta, ishga tushirish toki esa mumkin qadar kichik bo'lishi lozim. Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirishda amalda quyidagi usullar qo'llaniladi: stator chulg'amlarini to'g'ridan-to'g'ri tarmoqqa ulash; stator chulg'amiga pasaytirilgan kuchlanish berib ishga tushirish; rotor chulg'amiga reostatni ulab ishga tushirish (faza rotorli asinxron motorlarda). TO'G'RIDAN-TO'G'RI TARMOQQA ULAB IShGA TUShIRISh Kichik va o'rta quvvatli qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar elektr tarmog'iga magnit ishga tushirgich yoki oddiy ulagichlar yordamida qo'shiladi va uning tezligi tabiiy mexanik tavsifsi bo'yicha o'sib boradi. Ishga tushirish momenti Mit quyidagicha topiladi (ishga tushirish paytida s = 1 bo'ladi): Ishga tushirish tokining nominal tokdan 5-7 marta katta bo'lishi va i bu usulning kamchiligi hisoblanadi. Motorning stator chulg'amini to'g'ridan-to'g'ri elektr tarmog'iga ulab ishga tushirish yuqoridagi kamchiliklarga ega bo'lishidan qatiy nazar, u sodda, arzon va katta energetik ko'rsatkichlariga egadir. TARMOQ KUChLANIShINI PASAYTIRIB IShGA TUShIRISh Bunday usul bilan quvvati katta bo'lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ishga tushiriladi. Tarmoq kuchlanishini pasaytirish usullari quyidagidan iborat: a) stator chulg'amini yulduzchadan uchburchakka o'tkazish yo'li bilan ishga tushirish. b) asinxron motorni reaktor yordamida ishga tushirish. v) asinxron motorni avtotransformator yordamida ishga tushirish Faza rotorli asinxron motorni ishga tushirish Bunday motorlarning maksimal momenti Mmax=1,5-3,5 Mn bo'lib, ularni ishga tushirish toki maxsus rezistorlar bilan chegaralanadi. Bu rezistor bir necha pogona aktiv qarshiliklardan iborat bo'lib, motorni ishga tushirishda bu qarshiliklar rotor zanjiriga kiritilgan bo'lishi lozim. Motor aylanish chastotasining ortib borishi bilan qarshilik pogonalari rotor zanjiridan chikarib boriladi. Rotor zanjiriga kiritilgan tashqi aktiv qarshilikni ko'paytirish bilan Skr ning qiymati ortib boradi. Bunda Mmax ning qiymati uzgarmay, Skr ning kupayishi tomon surila boshlaydi (6-rasm). KTRAMni uning stator ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
398.02 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
398.02 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:57 ]
Arxiv ichida: ppt